Konstantin Ivanovich Yerofeyev (1969-yil 7-oktyabr, Leninobod, Tojikiston SSR, SSSR) – Tojikistonlik nafaqadagi futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Tojikiston terma jamoasining sobiq futbolchisi.
Klub faoliyati Konstantin faoliyatini „Xoʻjand“ jamoasi tarkibida boshlab 1994-yilgacha Tojikiston klubi safida toʻp surgan. 1994-yilda Kogonning „Lokomotiv“ jamoasida oʻynagan va Tojikiston terma jamoasiga chaqirilgan. 1995-yil mavsum avvalida dastlab „Zarafshon“ jamoasi tarkibida boshladi va ikkinchi davra avvalida Qozogʻistonning „Bulat“ klublarida toʻp surgan. 1998-yilda u yana „Xoʻjand“ safida oʻynadi va 1999-yilda „Volochanin-Ratmir“ ga koʻchib oʻtdi va u yerda yetti mavsum oʻtkazdi va ikki yuzdan ortiq oʻyinda qatnashib, yigirma uchta gol urdi. 2006-yildan keyin u professional faoliyatini yakunladi. 2010-yilda Yerofeev futbolga qaytdi va bir mavsumni „Real-Tver“ havaskorlar klubida oʻtkazdi. 2011-yilda u „Volochanin-Ratmir“ klubiga oʻyinchi murabbiyi lavozimiga taklif qilindi.
Terma jamoadagi faoliyati Yerofeyev Tojikiston terma jamoasi safida toʻrtta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. Uning debyuti 1994-yil 11-aprelda Qozogʻiston terma jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi. U terma jamoadagi yagona golini 1994-yil 15-aprelda Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi.
Tojikiston terma jamoasi uchun oʻyinlar Yerofeyevning Tojikiston terma jamoasi uchun oʻyinlari va gollari № sana Raqib Hisob Gol Turnir 1 1994-yil 11-aprel Qozogʻiston 0:1 0 Mustaqillik kubogi 2 1994-yil 15-aprel Qirgʻiziston 1:0 1 Mustaqillik kubogi 3 1994-yil 17-aprel Oʻzbekiston 1:1 0 Mustaqillik kubogi 4 1994-yil 19-aprel Turkmaniston 0:2 0 Mustaqillik kubogi Jami: 4 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta gol muallifiga aylangan. 1 gʻalaba, 1 durang, 2 magʻlubiyat.
Yutuqlar
Tojikiston kubogi sohibi (1): 1998
Manbalar
Havolalar
Konstantin Yerofeyev Footballfacts.ru saytidagi profil
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Lokomotiv Kogon klubi futbolchilari Turkum:Xoʻjand klubi futbolchilari Turkum:Shaxtyor-Bulat jamoasi futbolchilari Turkum:FK Volochanin futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari