Aon Center (Amoco Building) – Qoʻshma Shtatlarning Chikago shahri sharqida joylashgan osmonoʻpar bino. Ushbu bino 1973-yilda Edvard Durell Stoun, The Perkins va Will meʼmorlik firmalari hamkorligida Standard Oil Building binosi sifatida qurib bitkazilgan. Ushbu bino 83 qavatli boʻlib, balandligi 346 metrni tashkil etadi. Aon Center Chikagodagi toʻrtinchi eng baland bino boʻlib, balandligi boʻyicha Willis Tower, Trump International Hotel and Tower va Sent-Regis Chicagodan baland hisoblanadi.

Aon Center shuningdek, Aon kompaniyasining bosh qarorgohi va Kraft Heinzning bosh qarorgohlaridan biri (ikkinchisi Pitsburgda) va Amoko BP tomonidan sotib olinishidan oldin sobiq jahon shtab-kvartirasi bo’lgan"Contacts". .

Bino qisqa vaqt ichida Chikagodagi eng baland bino sifatida eʼtirof etilgan. Aon Building binosida qurilish tugallangandan soʻng dunyodagi toʻrtinchi eng baland binoga aylandi.

Tarixi

Qurilishi thumb| Bukingem favvorasidan binoning qurilish paytidagi koʻrinishi|left Standard Oil binosi Indiana shtatidagi Standard Oil kompaniyasining bosh qarorgohi sifatida qurilgan. Standardning avvalgi bosh qarorgohi 910 S. Michigan avenyusida joylashgan. Ushbu bino 1911-yilda Karpen Brothers Furniture kompaniyasi tomonidan qurilgan va 1927-yilda Standard tomonidan sotib olingan. Yangi Standard Oil Building 1973-yilda qurib bitkazilgan. Binoda qurilish ishlari tugagandan soʻng u Chikagodagi eng baland bino va dunyodagi toʻrtinchi eng baland bino boʻldi. Binoga „Big Stan“ taxallusi berildi. 1974-yilda Chikagodagi eng baland bino Sears minorasi (hozirgi Willis Tower) hisoblangan. Sears minorasi 1973-yil may oyida qurib bitkazilgan. Dastlab marmar bilan qoplangan Aon markazi, keyinchalik dunyodagi eng baland marmar bilan qoplangan bino boʻldi.

Bino qurilishida zilzilalarga qarshilik koʻrsatish, chayqalishni kamaytirish, ustunlar egilishini minimallashtirish uchun V shaklidagi perimetr ustunlari boʻlgan quvurli poʻlatdan yasalgan konstruktiv tizim qoʻllangan. Ushbu qurilish usuli Nyu-York shahridagi Jahon Savdo Markazining egizak minoralari uchun ham ishlatilgan. thumb| Aon Center 1990-yil qayta taʼmirlash paytida, binoning burchaklarida vaqtinchalik ishlaydigan liftlar oʻrnatildi.|left

Nomlanishi 1985-yilda kompaniya nomini Standard Oil Building Amoco Building nomiga oʻzgartirdi. 1998-yilda Amoco binoni The Blackstone Group kompaniyasiga nomaʼlum summaga sotadi, taxminlarga koʻra 430 dan 440 million dollargacha boʻlgan. Bino 1999-yil 30-dekabrda Aon Center deb qayta nomlandi. 2003-yil may oyida Wells Real Estate Investment Trust Inc. binoni 465—475 million dollarga sotib oldi. 2007-yil 10-avgustda Wells Real Estate Investment Trust Inc. oʻz nomini Piedmont Office Realty Trust, Inc ga oʻzgartirdi.

Koʻchmas mulk investorlari Mark Karasick va Viktor Gerstein binoni 2015-yilda Piedmontdan 713 million dollarga sotib olishgan.

Manbalar

Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda