Pyotr Petrovich Vasilevskiy (; 1956-yil 29-iyun – 2012-yil 9-yanvar) belaruslik futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. U vafotigacha qurilish xavfsizligi kompaniyasida ishlagan.
Futbolchilik faoliyati Minskdagi „Spartak“ futbol maktabining tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiy Sergey Aleksandrovich Ustinovich. Keyinchalik murabbiy Pyotr Leonid Andreyevich Lapunov qoʻl ostida, SDUSHOR-5 sport maktabida mashgʻulot oʻtkazgan.
Pyotr 1973-yilda Minskning „Dinamo“ jamoasida oʻynay boshlagan. Vasilevskiy faoliyatini katta qismida Minsk jamoasida (1973—1979, 1980—1984) oʻynagan. 1979-yilning avgust oyida „Paxtakor“ jamoasi aʼzolari aviahalokatda vafot etgach, ushbu jamoa safiga oʻtgan va mavsumning qolgan qismini shu yerda oʻtkazgan.
Qisqa vaqt ichida belaruslik futbolchi darhol nafaqat jamoada, balki oʻzining xushchaqchaq feʼl-atvori va eng muhimi oʻyin uchun kerakli aniq uzatmalari, tezkor, oldindan aytib boʻlmaydigan harakatlari va kuchli, aniq zarba berish qobiliyati uchun ham muxlislar koʻnglida oʻziga xos oʻrin oldiViktor Xoxlyuk: "Oni vozrojdali „Paxtakor“. Belorusskiy desant"// „InterFutbol“. – № 34 (502), avgust 2018. – s. 12..
1985-yilgi mavumda SSSR ikkinchi ligasining 5-zonasidagi Dneprning Mogilev jamoasida faoliyatini yakunlagan.
U kuchli va aniq zarbasi bilan ajralib turargan. SSSR chempionatida ikkita xet-trik muallifi.
Pyotr 1989—1991-yillarda KIM (Vitebsk) klubini boshqargan, keyinchalik esa qisqa muddat hakamlik qilgan. 2000-yillarning oxirida u Belarus yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilgan. 2011-yilda Minsk chempionatida oʻynaydigan „Nika“ klubida bosh murabbiy vazifasida ishlaganFutbolniy Klub „Nika“ Minsk – Trenerskiy sostav.
Yutuqlar
Sovet Oliy Ligasi chempioni: 1982 Sovet Oliy Ligasi bronza medal sohibi: 1983
Manbalar
Havolalar
Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:29-iyunda tugʻilganlar Turkum:2012-yilda vafot etganlar Turkum:9-yanvarda vafot etganlar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Belaruslik erkak futbolchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Dinamo Minsk futbolchilari Turkum:FC Dnepr Mogilev futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Belaruslik futbol murabbiylar