— Yaponiyaning Xokkaydo hududidagi daryo . Uzunligi 256 kilometr va bu koʻrsatkich bilan oroldagi ikkinchi eng uzun daryo (Ishikari daryosidan keyin) va mamlakatdagi toʻrtinchi eng uzun daryo (Shinano, Tone va Ishikaridan keyin) hisoblanadi. A darajadagi Teshio daryosi Yaponiyaning eng shimoliy yirik daryosi boʻlib, Xokkaydo merosi roʻyxatiga kiritilgan. Matsuura Takeshiro daryoning ichki qismini oʻrganish paytida „Xokkaydo“ nomini oʻylab topgani aytiladi.

Daryo nomining kelib chiqishi Daryoning nomi Ainu tilidagi soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, „ baliq bilan toʻla daryo“ degan maʼnoni anglatadi.

Geografiyasi Daryoning boshlanish nuqtasi Kitami togʻlarining eng baland joyi hisoblanadigan Teshio togʻidadir(1558 metr).

Ushbu daryo 12 munitsipalitetni oʻz ichiga olgan 5 590 kilometr kvadrat maydonni suv bilan taminlaydi:

Kamikava subprefekturasi: Bifuka, Kenbuchi, Nakagava, Nayoro, Otoineppu, Shibetsu, Shimokava, Vassamu Rumoi subprefekturasi: Teshio Soya subprefekturasi: Xoronobe, Toyotomi, Vakkanai

2010-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, ushbu hududda 122 000 ga yaqin odam yashagan.

Tarixi Dastlabki odamlar Teshio daryosi boʻylariga taxminan 15 000 yil oldin kelgan deb hisoblanadi. Daryoning birinchi tadqiqi boshchiligidagi uch kishi tomonidan uning pastki qismidan Otoineppugacha boʻlgan masofada oʻtkazilgan. Keyinchalik, Matsuura Takeshiro yigirma toʻrt kun davomida Teshio daryosining boshlanishidan boshlab uni va uning boʻyida yashovchilar haqida oʻz maʼlumotlarini yozib qoldirdi. Matsuura „Xokkaydo“ nomini Otoineppu hududida yashovchi Aynu oqsoqolidan eshitgan ertaklaridan eshitgani haqida yozib qoldirgan.

2- Meyji davrida (1869) tashkil etilgandan soʻng, daryo boʻylariga koʻchmanchi dehqonlar oʻrnasha boshlashgan.

Daryo tarixi Teshio shahridagi da batafsil yoritilgan.

Iqtisodiyoti Shibetsu va Shimokavaning yuqori oqimidagi hududlarida yogʻoch sanoati yaxshi rivojlangan. Nayoro va Bifuka oʻrtasidagi Nayoro havzasi sholi yetishtirishga ixtisoslashgan. Pastda, Teshio tekisligida sutchilik bilan shugʻullanishadi, daryoning boshlanishiga yaqin joyda losos va gulmoyi yetishtirish, shuningdek, prefekturada shijimi mollyuskalarini intensiv yetishtirish rivojlangan. Suv sporti turlaridan kanoeda eshkak eshish keng tarqalgan. Har yili poygasi boʻlib oʻtadi.

Shuningdek qarang

Yaponiyaning tabiiy yodgorliklari ro'yxati (Xokkaydo) Yaponiyadagi Ramsar hududlari ro'yxati Tondenhei Yaponiyadagi yovvoyi tabiatni muhofaza qilish hududlari

Manbalar

Turkum:Yaponiyadagi daryolar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda