Karim Sultanovich Sultanov (1949-yil, Aravon tumani, Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi Karim Sultanov 1949-yili Aravon tumanidagi Langar qishlogʻida tugʻilgan. 1966—1971-yillarda Toshkent politexnika institutining mexanika fakultetida oʻqigan. 1971—1974-yillarda ga oʻqishga kiradi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining M. T.Oʻrozboyev nomli Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti katta laboranti, 1974—1977-yillarda M. V. Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti qoshidagi Mexanika instituti aspiranti, 1977—1987-yillarda M. T.Oʻrozboyev nomli Mexanika va ISM institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 1981—1986-yillarda Toshken davlat universiteti fakultetining kechki boʻlimida oʻqigan. 1987—1992-yillarda Moskva davlat universiteti doktoranti. 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining M. T.Oʻrozboyev nomli Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti laboratoriya mudiri, 1995—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining bosh ilmiy kotibi, 2005—2011-yillarda Oliy attestatsiya komissiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, soʻngra raisi, 2011—2021-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining M. T.Oʻrozboyev nomli Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bosh ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri lavozimida ishlagan. 2021-yildan ushbu institut direktori.

Oilasi Oilali, 2 nafar farzandi bor. Ilmiy faoliyati 1977-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Doktorlik dissertatsiyasini 1992-yilda „Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi“ ixtisosligi boʻyicha Moskva davlat universitetida yoqlagan. 2 ta monografiya va 350 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. Uning ilmiy faoliyati gruntlarda va qattiq jismlarda seysmik toʻlqin tarqalish jaroyonlarini, deformatsiyalanuvchan qattiq jismlarning grunt bilan oʻzaro tasirlarini va iplar mexanikasini tadqiq qilishga bagʻishlangan. Ushbu ilmiy yoʻnalishlarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosda Karim Sultanov yer osti inshootlari seysmik mustahkamligining toʻlqin nazariyasini yaratdi va dinamik kuchlar tasiridan gruntlarning nochiziq deformatsiyalanish qonunlarini ishlab chiqdi. Shuningdek, paxta tolalaridan hosil qilingan yigirilgan iplarining tolali tarkibini hisobga oluvchi, ularning nochiziq deformatsiyalanish qonunini ochib berdi.

Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni (2026-yil 22-avgust) — Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi islohotlar samarasini oshirishga qoʻshgan munosib hissasi, oʻzining koʻp qirrali ijodiy va ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimizda ilm-fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat va sanʼat sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jamiyatda tinchlik va totuvlik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini saqlash, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Fizika-matematika fanlari doktorlari Turkum:Professorlar Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari