Huvishka (baqtriya tilida: Oēēški, Ooēški, Brahmi: ; Kharoshthi: 𐨱𐨂𐨬𐨅𐨮𐨿𐨐 Hu-ve-ṸkiKonow, Sten, Kharoshṭhī Inscriptions with the Exception of Those of Aśoka, Corpus Inscriptionum Indicarum, Vol. II, Part I. Calcutta: Government of India Central Publication Branch, p. 167) Kanishka I vafotidan keyin Kushon imperiyasining imperatori edi. Tarixiy manbalarga koʻra hukmronlik yilining boshlanishi 150-yilga toʻgʻri keladi. Taxminan oʻttiz yil hukmronlig qilgan. Huvishkadan keyin taxtga Vasudeva I keladi.
Uning hukmronligi imperiya uchun mustahkamlanish davri edi. Huvishka davlati Baqtriyadagi Balxdan Hindistonning Mathuragacha boʻlgan hududini oʻz ichiga olgan. U oʻz tangalarini zarb qildirgan. Pataliputra va Bodx Gayagacha uning suratidagi oltin tangalar va tumorlar topilgan. Shu jumladan, Bodx Gaya shahridagi Buddaning Maʼrifat taxti ostidan bitta tumor topilgan. Bu hududdagi Kushon tangalarining boshqa topilmalari hududda Kushonlar hukmronlik qilganligini koʻrsatadi. Huvishka hukmronligi tinch oʻtgan. Shimoliy Hindistonda Kushon hokimiyati mustahkamlanib, Kushon imperiyasining markazi janubiy poytaxt Mathuraga koʻchirilgan.
Din
Huvishka Kanishka Ining oʻgʻli edi. Uning hukmronligi Kushon hukmronligining oltin davri deb ham ataladi.
Mahayana buddizmi Huvishka hukmronligi haqida manbalar Govindo-Nagarda va hozirda Mathura muzeyida saqlanayotgan II asr haykalining pastki qismida joylashgan Budda Amitabhaning birinchi epigrafik dalillariga toʻgʻri keladi. Haykal „huvishka hukmronligining 28-yiliga“ tegishli boʻlib, savdogarlar oilasi tomonidan „Amitabha Budda“ga bagʻishlangan.
Huvishka Mahayana buddizmining izdoshi boʻlgani haqida baʼzi dalillar ham mavjud. Schøyen toʻplamidagi sanskrit qoʻlyozmasi boʻlagida Huvishka „Mahayanada harakat qilgan“ kishi sifatida tasvirlanganNeelis, Jason. Early Buddhist Transmission and Trade Networks. 2010. p. 141.
Gandharadagi baʼzi relyeflarda Huvishka Buddaga xayr-ehson qilgani tasvirlangan.
Huvishka buddizmni qoʻllab-quvvatlaganligi keng tarqalgan, ammo Budda uning tangalarida koʻrinmaydi.
Yunon-Rim xudolari
Huvishka oʻz tangalarida ellinistik-misr Serapisini kiritgan birinchi va yagona Kushon hukmdori („Sarapo“ nomi ostida). Serapis Misrdagi Iskandariya panteonining oliy xudosi boʻlgani sababli, bu tanga Huvishkaning Rim Misriga nisbatan kuchli eʼtiqodi boʻlganini koʻrsatadiSerapis coin.
Tangalar Huvishka tangalari turli xil naqshlar va zarb qilingan oltin tangalarning koʻpligi bilan ajralib turadi. Huvishkaning oltin tangalari boshqa barcha Kushon hukmdorlariga qaraganda koʻproq maʼlum. Uning zarbxonalari asosan Balx va Peshovarda, kichikroq zarbxonalar Kashmir va Mathurada joylashgan edi.
Manbalar
Adabiyotlar
Tashqi havolalar Online Catalogue of Huvishka's Coinage Coins of Huvishka Was Huvishka sole king of the Kushan Empire The Devaluation of the Coinage of Kanishka Turkum:Kushon podsholari