Gʻolib Gʻaybullayev (1996-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, „Nasaf“ futbol klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi. Ampluasi boʻyicha — markaziy himoyachi. Nasaf jamoasida 5-raqamda maydonga tushadi. Ilk yillari Gʻolib Gʻaybullayev 1996-yilning 22-yanvarida Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida dunyoga kelgan. Yosh bola vaqtidanoq futbolga mehr qoʻygan Gʻolib Gʻaybullayev Qashqadaryo viloyatining asosiy jamoasi boʻlgan Nasaf futbol klubining akademiyasida mashgʻulotlarda qatnasha boshlaydi. Jismoniy jihatdan chidamli boʻlgan Gʻolib Gʻaybullayev murabbiylarning koʻrsatmasiga binoan himoyada toʻp sura boshlagan. Bu koʻrsatmalar oʻzini oqlagan va hozirda Gʻolib Gʻaybullayev yurtimizning koʻzga koʻringan markaziy himoyachilaridan biridir. Futbolchi asosiy jamoadan taklif tushgunga qadar Nasaf futbol klubining turli yoshdagi jamoalarida toʻp surgan. Ushbu oʻyinlar orqali bosh murabbiy eʼtiboriga tushgan va 2021-yildan boshlab asosiy jamoa bilan shartnoma imzolagan. Transfermarkt sayti maʼlumotiga koʻra, hozirda Gʻolib Gʻaybullayevning transfer narxi 550 000 yevroni tashkil qiladi. Hozirda 27 yoshni qarshilagan futbolchi klubning asosiy tarkib oʻyinchisi hisoblanadi.
Klubdagi faoliyati Nasaf jamoasi tarkibida 2021-yil Gʻolib Gʻaybullayev Nasaf jamoasi bilan 2021-yilda professional shartnoma imzolagan va shu kundan buyon jamoa tarkibida toʻp surib kelmoqda. Nasaf jamoasidagi oʻzining debyutini Oʻzbekiston kubogi doirasida Jizzax viloyatining Soʻgʻdiyona jamoasiga qarshi oʻtkazgan va jamoa 1:0 hisobida gʻalabani qoʻlga kiritgan. Umumiy hisobda Gʻolib Gʻaybullayev 2021-yil Oʻzbekiston kubogida 6 ta, OFK kubogida 7 ta oʻyinda maydonga tushgan. Jamoadagi ilk yilining oʻzidayoq asosiy tarkib futbolchisiga aylanib olgan. Ayniqsa, OFK kubogida jamoa finalga qadar yetib borishida futbolchining foydasi ulkan edi. Faqatgina finalda jamoaga biroz omad yetishmagani natijasida, 2-oʻrin bilan qanoatlanishga majbur boʻlgan. 2021-yilning iyul oyiga kelib futbolchi jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlib olgan va shu vaqtda 2022-yil soʻnggigacha choʻzilgan yangi shartnomaga imzo chekkan. 2022-yil 2022-yil futbolchi uchun anchagina omadli va shu bilan birga maʼsuliyatli yil boʻldi. Oʻzbekiston Superligasida 21 ta, Osiyo chempionlar ligasida 1 ta, Oʻzbekiston kubogida 4 ta oʻyinda ishtirok etdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Superkubogida ham jamoa sharafini himoya qildi. Shu oʻyinlarda umumiy 2 ta sariq kartochka oldi, biror marotaba qizil kartochkaga loyiq koʻrilmadi. 2022-yil davomida 1964 daqiqa vaqtini Nasaf jamoasi uchun maydonda oʻtkazdi. Oʻzbekiston Superligasida 1 marta, Oʻzbekiston kubogida 1 marta gol urishga muvaffaq boʻldi.
2023-yil 2023-yil davomida hozircha Oʻzbekiston Superligasida 12 ta, Oʻzbekiston kubogida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. Superligada 1 ta uchrashuvda oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻyishga ham erishdi. Umumiy 3 ta sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Oʻzining oʻyini orqali Gʻolib Gʻaybullayev koʻplab klublar eʼtiboriga tushgan. +MusobaqaYilOʻyinGolDaqiqaOʻzbekiston kubogi202330226Oʻzbekiston Superligasi20231211063Oʻzbekiston kubogi202241327AFC Champions League20221066Oʻzbekiston Superligasi20222111481Oʻzbekiston Superkubogi20221090AFC Cup202170412Oʻzbekiston kubogi202161570
Yutuqlari Jamoaviy Nasaf Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2024 Oʻzbekiston Superligasida bronza medal: 2022 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2021, 2022, 2023 AFC kubogi finalchisi: 2021 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2023, 2024, 2025
Manbalar
Havolalar
Gʻolib Gʻaybullayev OʻzPFL saytida Gʻolib Gʻaybullayev Transfermarkt saytida
Turkum:22-mayda tugʻilganlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum: Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari