Daniel Coulter Reynolds (1987-yil 14-iyul) — amerikalik qoʻshiqchi va bastakor, shuningdek, pop rok guruhi hisoblangan Imagine Dragonsning bosh vokalisti. Reynolds bundan tashqari 2011-yilda turmush oʻrtogʻi Aja Volkman bilan tashkil qilgan Egyptian nomli guruh aʼzosi sifatida ham ish olib borgan. Songwriters Hall of Fame Hal David Starlight Award mukofotining sohibi.

Yoshligi Reynolds Las Vegasda, huquqshunos va yozuvchi boʻlgan Christene M. (née Callister) va Ronald Reynolds oilasida, 9ta farzandning 7-si boʻlib (8 oʻgʻil bola va 1 qiz) tugʻilgan. Ota-onasining ikkisi ham Nevadaning tub aholisi hisoblanadi, va Reynolds Nevadaliklarning 4-avlodidir. U Boy Scout aʼzosi sifatida 2005-yilda Eagle Scout unvonini olgan. Shuningdek, Reynolds Latter-day Saints nomli cherkov (LDS Church)ning aʼzosi boʻlgan, 19 yoshida Nebraskada 2 yil davomida cherkovda koʻngilli sifatida ham ishlagan.

Reynolds „I Bet My Life“ nomli qoʻshigʻini ota-onasi bilan yashagan yillariga bagʻishlab bastalagan. Bonanza yuqori maktabini tamomlaganidan soʻng, Reynolds Las Vegasdagi Nevada universitetiga (Brigham Young Universiteti uchun cherkov tavsiyanomasini ololmaganidan soʻng) kiradi va LDS missiyasini bajarganidan soʻng BY universitetiga qayta oʻqishini oʻtkazadi, bu yerda u marketing, musiqa va muloqot koʻnikmalarini aʼloga oʻzlashtiradi. BYUda boʻlgan vaqtlarda, u Imagine Dragons guruhiga asos soladi, keyinchalik uning toʻliq musiqa yoʻnalishini tanlashiga, universitetida oʻtkazilgan „Battle of Bands“ („Guruhlar Jangi“) musiqiy guruhlar bellashuvida yutkanligi sabab boʻladi.

Karyerasi Imagine Dragons (2008-hozirgacha)

Reynolds dastlab professional qoʻshiqchi boʻlish fikrida emas edi, buning qisman sababi esa boʻlajak guruhdoshi Wayne Sermonning bir kuni unga: „Musiqani xohlaganing uchun emas — musiqasiz yashay olmaganliging uchun uni tanlashing kerak“ deb aytgan gaplari edi. U Brigham Young universitetiga qatnashni boshlaganida, Reynolds musiqadan boshqa hech narsa qila olmasligini anglaydi. Yutada, Reynolds barabanchi Andrew Tolman bilan uchrashadi va Imagine Dragonsni tuzish uchun uni guruhga taklif qiladi. Reynolds asosiy vokalist boʻlgani holda, Imagine Dragons guruhi BYUdagi „Guruhlar bellashuvi“ va boshqa shunga oʻxshash musobaqalarda yutib chiqadilar. Basschi Ben McKee Las Vegasda ularga qoʻshiladi Tolman 2011-yilda guruhni tark etgandan keyin Berklee kollejidagi Waynening doʻsti Daniel Platzmanni baraban chalishi uchun guruhga qabul qiladilar. Guruh Las Vegasga koʻchib oʻtadi va deyarli har kuni musiqa ijro etadilar.

Egyptian (2010) (Misrlik) Reynolds 2010-yili Nico Veganing ochilish kechasida ishtirok etish uchun taklif qilinadi; va shu yerda u oʻsha guruhning solisti Aja Volkmanni uchratadi. Dan undan yozayotgan demolarini tugatishga yordam berishini soʻraydi. Ikkisi hamkorlikni boshlaydi va keyinchalik Egyptian (Misrlik) den nomlangan guruh tashkil qiladilar. Ular birgalikda musiqa yozadilar va mustaqil ravishda 4ta qoʻshiqni onlayn shaklda ommaga taqdim etadilar. Juftlikning bu qoʻshiqlari faqat bir marotabagina jonli kuylangan.

Shaxsiy hayoti 2011-yil 5-martda, Reynolds Aja Volkman bilan oila quradi. Ularni 3 ta qizi va 1 ta oʻgʻli bor. Ularning birinchi qizi 2012-yil 18-avgustda tugʻilgan. 2017-yil 28-martda ularning egizak qizlari tugʻildi. Oʻgʻli esa 2019-yil 10-oktyabrda tugʻilgan.

2018-yil 26-aprelda, Reynolds 7 yillik turmushidan soʻng ajrashishini maʼlum qildi. Shunga qaramay, 2018-yil 7-noyabrda, Reynolds „Bad Liar“ qoʻshigʻini premyerasi davomida eʼlon qildiki, U va turmush oʻrtogʻi hech ham ajrashishni boshdan kechirishmaganini va shu qoʻshiqni birgalikda yozishganini va ular yana birga ekanligini aytdi. Ammo yana 2022-yil sentyabrda, Reynolds yana ular ajrashishayotganini eʼlon qildi. Aja Volkman rasmiy ravishda 2023-yil 18-aprelda ajrim uchun hujjat topshirganini eʼlon qildi. Ajrim 2024-yil 26-martda yakunlandi.

Reynolds ankylosing spondylitis (artrit) kasalligidan azob chekadi, bu haqda Leeds First Direct Arenada 2015-tildagi Smoke + Mirrors nomli gastrol safarida aytib oʻtadi. 2016-yilda u ogʻir yalligʻlanish kasalligi haqida xabardorlikni oshirish uchun Novartis’s ThisAslife bilan hamkorlik qildi. Oʻsha yilda, Reynolds bir intervyusida oxirgi 2 yil ichida depressiyada boʻlganini va psixologga qatnayotganini maʼlum qiladi. Bundan tashqari, uni yana 21 yoshidan beri ulcerative colitis (yarali kolit) kasali ham bezovta qiladi. Night Visions albomidagi koʻp qoʻshiqlari depressiyasi natijasida yozilgan. U oʻsha qoʻshiqlari bilan depressiyaga boʻlgan jamiyatning munosabatini oʻzgartirishni va professional yordam izlashni maqsad qilgan. 2018 aprelda, u oʻzining jismoniy va ruhiy qiyinchiliklari haqida ijtimoiy tarmoqlarda yozishni boshladi va oʻz muxlislari va u kabi qiyinchilikka uchragan boshqalar uchun ham qoʻllab-quvvatlovchi xabarlar ulashdi.

Reynolds onasi Christene bilan Paramount+ning Dave Grohl va uning onasi Virginia Hanlon Grohl mezbonlik qiladigan From Cradle to Stage (beshikdan sahnagacha) telekoʻrsatuvida ishtirok etishadi. Reynoldslar haqidagi epizod 2021-yil 6-mayda efirga beriladi.

Reynolds Braziliyacha jiu-jitsu sport turi bilan shugʻullanadi va hatto 2023-yil 2-iyulda Jiu-Jitsu boʻyicha jahon musobaqasida oq belbogʻ toifasi boʻyicha qatnashib bronza medalini ham qoʻlga kiritgan. Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:AQSHlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar