Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov (1980-yil 4-may, Shahrixon tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori (DSc) (2018), professor (2020).

Biografiyasi Ilxomjon Tuxtasinov. 1980-yil 4-may Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tugʻilgan. 2001—2005-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi, 2005—2007-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura talabasi, 2007—2010-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti aspiranti, 2010—2012-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2012—2013-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani, 2013—2015-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili fakulteti dekani, 2015—2016-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining direktori vazifasida faoliyat koʻrsatgan. 2016-yildan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori hamda bir paytnig oʻzida Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning Samarqand viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili (2021—2022).

2023-yildan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori. Ilmiy faoliyati Ilxomjon Tuxtasinov ilmiy ishlari adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarjimashunoslikka oid. Olim 2011-yilda „Badiiy matnda qo‘shma so‘zlarning lingvokulturologik va gender xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilib, 2012-yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2018-yilda „Tarjimon tayyorlashda kasbiy kompentetsiyalarni shakllantirish va rivojlantirish (ekvivalentlik hodisasi asosida)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2019-yilda dotsent, 2020-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. Ilxomjon Toʻxtasinov 138 ta ilmiy ishlar, jumladan, 10 ta darslik, 6 ta monografiya, 84 ta o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar muallifidir. Ilxomjon Tuxtasinov Alisher Navoiy gʻazallari, Abdulla Qodiriy, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Tohir Malik romanlari, Gʻafur Gʻulom qissalarini ingliz tiliga tarjima qilgan. Jumladan, Abdulla Qodiriy tavalludining 125-yilligiga „Mehrobdan chayon“ romanini, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligiga Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romanini oʻzbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan.

Manbalar

Turkum:Shahrixonda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Pedagogika fanlari doktorlari Turkum:Professorlar Turkum:Oʻzbekiston adabiyotshunoslari Turkum:Oʻzbekiston tilshunoslari Turkum:Oʻzbekistonlik tarjimonlar Turkum:Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻqituvchilari Turkum:Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchilari