Jambul „Jaba“ Jighauri (; 1992-yil 8-iyulda tugʻilgan) – gruziyalik professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Klub faoliyati Jigauri oʻz faoliyatini Tbilisining „Dinamo“ jamoasida boshlagan. Jaba professional debyut oʻyinini 2011-yilning 22-may kuni Kutaisining „Torpedo“ jamoasiga qarshi oʻtkazgan.
2017-yil 14-yanvarda Jighauri FK Vardar bilan shartnoma imzoladiVardar sign Georgian midfielder Jambul Jighauri! .
2018-yilning 27-fevralida Jigʻauri Qozogʻiston Premyer-ligasida „Aktobe“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Keyingi hafta Jighauri yozgi transfer oynasigacha ijara asosida „Ordabasi“ jamoasiga koʻchib oʻtdi, Aleksandr Simchevich esa aksincha Aktobe jamoasiga ijara asosida shartnoma imzoladi.
2018-yilning 18-iyulida Jighauri Fransiya Liga 2 ligasida ishtirok etuvchi klubi „Grenobl Foot 38“ bilan ikki yillik shartnoma imzolad.
2019-yil 20-iyulda Jighauri Gruziyaning Erovnuli Ligasining klubi „Dinamo Batumi“ jamoasi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi. 2023-yil Qarshining „Nasaf“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Milliy terma jamoa Jigauri oʻzining 21 yoshgacha boʻlganlar toifasidagi birinchi xalqaro oʻyinini 2011-yilning 3-iyunida Xorvatiyaga qarshi 0:1 hisobida gʻalaba qozongan holda oʻtkazdi. 2016-yilning may oyida u birinchi marta Gruziyaning kattalar jamoasiga chaqirildi. U 27-may kuni Slovakiyaga 3:1 hisobida magʻlub boʻlib, Avstriyaning Uels shahrida soʻnggi 12 daqiqada Valeri Qazaishvilining oʻrniga maydonga tushdi.
Yutuqlar Dinamo Tbilisi
Umaglesi Liga: 2012-13, 2015-16 Gruziya kubogi: 2012-13, 2014-15, 2015-16 Gruziya Superkubogi: 2015
Chikhura
Gruziya Superkubogi: 2013 Nasaf
Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2023 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2023, 2024
Manbalar
Havolalar
Jaba Jighauri Transfermarkt saytida
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Gruziyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari
Turkum:FC Chikhura Sachkhere futbolchilari Turkum:FK Vardar futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:Grenoble Foot 38 futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Gruziyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar