Marko Klisura (; 1992-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi. Kabel klubida himoyachi sifatida toʻp suradi.
Asosan chap markaziy himoya oʻynaydi. Oʻng qanot himoyachisi va yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi. Klisura baland boʻyli futbolchi boʻlishiga qaramay, faoliyatini yarim himoyachi sifatida boshlagan.
Faoliyati Sremska Mitrovitsa shahrida tugʻilgan. Voyvodinadagi yoshlar maktabida shugʻullangan. Keyinchalik Sloga Temeringa oʻtgan. Palić, Mladenovac va Cement Beočin klublarida ham qisqa qisqa vaqt oʻynagan. 2013—2014-yilgi mavsumda Čelarevo jamoasida toʻp surgan, 25 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. 2015-yil yozida Novi Pazarga qoʻshildi, biroq u qisqa vaqtdan soʻng klubni tark etdiSa nama su od danas Trtovac i Damjanovic. Sa Klisurom je raskinuta saradnja kojem zelimo sve najbolje u daljoj karijeri. at FK Novi Pazar official facebook page, 31-8-2015 . 2015-yil yozgi transfer davrining soʻnggi kunida Klisura „Spartak Subotica“ga oʻtdi. 2015—2016-yilgi mavsumning birinchi yarmida „Spartak“ safida bor-yoʻgʻi 1 marta rasmiy oʻyin oʻtkazdi. Keyin esa mavsum tugamasidan klubni tark etdi.
Mavsum oraligʻidagi tanaffusda u Bačkaga qaytdi. Klisura Superligadagi ilk golini 2017-yilning 17-mayida Radnik Surdulica klubiga qarshi oʻyinda kiritdi va bu gol oʻyinning yagona goli boʻlib qoldi (1:0). 2017-yil oxirida u Bačka bilan shartnomani oʻzaro bekor qildi va klubni tark etdi. 2018-yilning 17-fevral kuni Klisura Oʻzbekiston Superligasi vakili „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Buxoroda 4 oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2018-yilning 19-avgustida u Hindiston Superligasi franchayzi „Mumbay City“ jamoasiga bir yillik shartnoma asosida qo‘shildi. „Mumbay City“dan keyin u yana „Rabotnički“ va „Bačka“ jamoalarida oʻynadi.
2021-yilning 7-fevralida Klisura Bosniya Premyer-ligasining „Mladost Doboj Kakanj“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil 28-fevralda „Mladost“ safida „NK Široki Brijeg“ga qarshi liga o‘yinida rasmiy debyut qildi.
Terma jamoadagi faoliyati 2017-yil boshida Klisura Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Slavoljub Muslin tomonidan chaqiruv oldi. 2017-yilning 29-yanvarida AQSHga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jamoada debyut qildi.
Faoliyat statistikasi
Klubda
Klublardagi faoliyati Liga Kubok Qitʼa Jami Mavsum Klub Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar 2010—2011 Sloga Temerin Voyvodina Serbiya ligasi 16 1 — — 16 1 2011—2012 12 0 — — 12 0 2011—2012 Palić 9 0 — — 9 0 2012—2013 Cement Beočin 6 0 — — 6 0 2013—2014 ČSK Čelarevo 25 2 — — 25 2 2014—2015 OFK Bačka Serbiya birinchi ligasi 25 1 0 0 — 25 1 2015—2016 Spartak Subotica Serbiya Superligasi 1 0 0 0 — 1 0 2015—2016 OFK Bačka Serbiya birinchi ligasi 12 0 0 0 — 12 0 2016—2017 Serbiya Superligasi 24 1 0 0 — 24 1 2017—2018 13 1 1 0 — 14 1 2018 Buxoro Oʻzbekiston Superligasi 4 1 — — 4 1 Jami faoliyati 147 7 1 0 — 148 7
Terma jamoada
Serbiya Yil Ishtirok Gollar 2017 1 0 Jami 1 0
Manbalar
Havolalar
Marko Klisura statistikasi utakmica.rs saytida
Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar