Tigran Benikovich Avanesyan (; ; 2002-yil 13-aprel, Toshkent) — arman millatiga mansub rossiyalik futbolchi, Samarqandning Dinamo klubida himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida toʻp suradi.
Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyati yoshligida Oʻzbekistonda boshlagan.
U 2015-yilda SSKA Moskva PFK oʻsmirlar jamoasiga qoʻshilgan va birinchi marta 2017-yil fevral oyida SSKA jamoasining Rossiya Premyer-ligasidagi qaydnomasiga kiritilgan, ammo keyingi 4 yil ichida asosiy jamoasi tarkibida hech qanday oʻyin oʻtkazmagan.
2021-yil 20-fevralda u 2020/21-yilgi mavsum oxirigacha Rossiya Premer-ligasi „Tambov“ klubiga ijaraga berildi.
U Tambov jamosi safidagi debyutini 2021-yil 21-fevral kuni Rossiya kubogi doirasidagi „Lokomotiv“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. U Rossiya Premyer-ligasidagi debyutini 2021-yilning 26-fevralida „Rotor Volgograd“ klubiga qarshi o‘yinda o‘tkazdi.
2021-yilning 1-iyunida „SSKA“ jamoasi Avanesyan bilan 2025/26-yilgi mavsum davomida amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi.
2021-yil 7-sentyabrda u „Ivanovo Tekstilshchik“ klubiga ijaraga oʻtdi.
2022-yil 9-iyun kuni Avanesyan 2022/23-yilgi mavsum uchun Kaliningradning „Baltika“ klubiga ijaraga berildi. 2023-yil 20-iyun kuni „Baltika“ jamoasi Avanesyanning transferini toʻliq ravishda amalga oshirdi.
Milliy terma jamoa Avanesyan 2019-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida Rossiyani himoya qildi va barcha 3 o‘yinda maydonga tushdi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Armanistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:FC Tambov futbolchilari Turkum:FC Tekstilshchik Ivanovo futbolchilari Turkum:FC Baltika Kaliningrad futbolchilari Turkum:FC Arsenal Tula futbolchilari Turkum:FC Orenburg futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari