Slaviša Stojanović (; 1989-yil 27-yanvarda tugʻilgan) — serbiyalik futbolchi, Indija FK jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Stoyanovich sobiq Yugoslaviya Respublikasining Smederevo shahrida tugʻilgan va mahalliy FK Smederevo klubi yoshlar jamoasida futboldan taʼlim olgan. 2007-yil FK Smederovo jamoasida professional futboldagi debyutini ham oʻtkazgan.
2012-yilning yozida u „Jagodina“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va u yerda bir yarim mavsum davomida oʻynadi. Jagodinadagi birinchi mavsumida jamoa bilan Serbiya kubogini qoʻlga kiritdi, ammo oʻsha mavsumda atigi 15 oʻyinda maydonda harakat qildi. 2014-yil yanvar oyida u Serbiya Ikkinchi ligasida oʻynovchi „Borac Chachak“ jamoasi safiga borib qoʻshildi va mavsum oxirida jamoasi bilan Serbiya Premyer-ligasiga koʻtarilishga erishdi.
2015-yilning yozida u „Radnik Sordolika“ klubi bilan shartnoma imzoladi va jamoadagi yetakchi futbolchilardan biriga aylandi va mavsum davomida 29 oʻyinda 9 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi.
2016-yilning 20-iyulida u Isroil Premyer-ligasining „Hapoel Kfar Saba“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2016-yil 13-dekabrda jamoa bilan xayrlashdi va 2017-yil yanvar oyidagi transfer oynasi oxiriga kelib, u „Hapoel Petah Tikva“ bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi va „Hapoel Kfar Saba“ jamoasidan ijaraga berildi. 2017-yilning yozida u Serbiyaga qaytdi va Radnički Niš bilan shartnoma imzoladi.
Serbiya va Isroilning bir qator jamoalarida faoliyat olib borganidan soʻng, Stoyanovich 2018—19-yilgi mavsum oldidan Hindiston Superligasining „Kerala Blasters“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Hindiston Superligasidagi debyut mavsumida u 16 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u „Kerala Blasters“ farm jamoasi tarkibida ham 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2020-yilda Hindiston jamoasi bilan shartnomasi yakunlangach, u Serbiyaning yuqori divizion klubi „OFK Bačka“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2020-yil iyul oyida Stoyanovich Bacca bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil fevral oyida Oʻzbekiston Superligasi vakili „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil iyul oyida Stoyanovich „Rad Belgrad“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Kerala Blasters FK Stojanović Hindiston Superligasining 2018-19-yilgi mavsumida „Kerala Blasters FC“ ni himoya qilgan. U 16 liga oʻyinida va 2019-yilgi Superkubokda bitta oʻyin oʻtkazdi. Slaviša dastlabki mavsumida 4 ta gol va bir golli uzatma bilan yakunladi. Mavsum Superliga Superkubok Osiyo chempionlar ligasi OFK kubogi Jami Dvizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol 2018-19 Hindiston Superligasi 16 4 1 0 0 0 0 0 17 4 Umumiy 16 4 1 0 0 0 0 0 17 4
Kerala Blasters FC farm jamoasi Stoyanovichning „Kerala Blasters“ jamoasidagi natijalari pastligi sababli „Kerala Blasters“ klubining farm jamoasiga yuborildi. U Kerala shtatidagi Kerala Premyer-ligasida klubning farm jamoasida toʻp surdi. U 2018/19-yilgi mavsumda ligada oʻynagan. Mavsum Kerala Premyer-ligasi Boshqalar Jami Dvizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol 2018-19 Kerala Premer-ligasi 3 1 - - 3 1
Yutuqlar
Jagodina
Serbiya kubogi : 2013
Manbalar
Havolalar
Utakmica.rs saytida Slavisha Stoyanovich statistikasi Slaviša Stojanović at Soccerway Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari