Baxtiyor Yoʻldoshev (1970-yil 7-aprel) — sovet va qirgʻiz futbolchisi, darvozabon. Qirgʻiziston terma jamoasi safida toʻp surgan.
Biografiya 1990-yillarning boshlarida u „Tom“ klubi safida katta futboldagi faoliyatini boshlagan. Tom jamoasi safida SSSRning ikkinchi quyi ligasida 3 ta oʻyin va Rossiyaning birinchi ligasida bitta oʻyin oʻtkazdi.
1993-yilda Markaziy Osiyoga qaytib kelgan. Baxtiyor dastlab O‘zbekiston oliy ligasi vakili Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasi safida toʻp surdi. 1995-yil vataniga qaytdi va „Alay“ jamoasi bilan shartnoma tuzdi. 1996-yil Oʻzbekiston chempionatining boshqa bir vakili Jizzaxning „So‘g‘diyona“ jamoasi safiga borib qoʻshildi. Jizzaxliklar safida bir mavsum davomida toʻp surganidan soʻng, keyingi mavsumlarni Qirg‘izistonning oliy ligasi jamoalari „Semetey-Dinamo“, „Jashtik-Aq-Oltin“ klublarida to‘p surdi. „Semetey-Dinamo“ jamoasi tarkibida Osiyo chempionlar ligasi oʻyinlarida ishtirok etgan. 1999-yilda yana qoʻqonliklar jamoasi bilan shartnoma imzolagan. „Temiryoʻlchi“ jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida toʻp surgan. 2002-yilgi mavsumda „Jashtik-Aq-Oltin“ jamoasi tarkibiga qaytgan va klub bilan 2003-yilda Qirgʻiziston chempioni boʻlgan.
Milliy terma jamoa 1997-yil iyun oyida Qirgʻiziston terma jamoasi tarkibida 1998-yilgi jahon chempionati saralash turnirida Maldiv orollariga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazgan. Maydong tushgan oʻyinlarida gol oʻtkazib yubormagan (3:0 va 6:0).
Yutuqlar
Qirgʻiziston chempioni: 2003
Manbalar
Havolalar
Baxtiyor Yoʻldoshev FootballFacts.ru saytida
Turkum:7-aprelda tugʻilganlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:FC Tom Tomsk futbolchilari Turkum:FC Alay futbolchilari Turkum:FC Shaxtyor Qizilqiya futbolchilari Turkum:FC Jashtik Aq-Oltin futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar