Xoʻja Ilgʻor — Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanidagi qishloq. Bir necha yuz yillik tarixga ega. Temuriylar saltanati asoschisi Amir Temur ushbu qishloqda tugʻilgan. 2018-yilda qishloqda 6 gektar maydonga ega „Amir Temur“ nomidagi barpo etilgan. U yerda milodiy 711-yilda vafot etgan va xalq orasida Xoʻja Ilgʻor nomi bilan tanilgan Xoʻja Muhammad ibn al-Qosim maqbarasi joylashgan. Maqbara 2004-yilda rekonstruksiya qilingan. Qishloqdan arxeologik qazish ishlari davomida turli toshlar, sopol boʻlaklari va 700 yoshdan oshgan tut daraxtlari topilgan. Havolalar Video:Xoʻja Ilgʻor, Amir Temur tugʻilgan qishloqda|Amerika ovozi Manbalar

Turkum:Qashqadaryo viloyati qishloqlari