Yagmirmirat Kulanmyradowiç Annamiradov ( 1982-yil 19-oktyabrda tavallud topgan) – nafaqadagi turkman professional futbolchisi, futbolchilik faoliyatida himoyachi sifatida toʻp tepgan. 2007-yildan Turkmaniston terma jamoasi tarkibida harakat qilgan.

Klubdagi faoliyati Yagmirmirat Annamiradov professional futbolchilik faoliyatini 1998-yilda SMM+ futbol jamoasida boshlagan„Federatsiya Futbola Turkmenistana“ . .

Turkmaniston Yokari Ligasida Köpetdag Ashxobod, Asudalik, FC HTTU va FC Merw klublarida toʻp surgan. 2007-yilda Annamiradov Namanganning Navbahor klubiga oʻtdi. 2009-yilda u Turkmanistonga, FC HTTU klubiga qaytdi. 2010-yildan „Bolqon“ klubi futbolchisiga aylandi va jamoa sardori boʻldi. Bolqon jamoasi bilan juda koʻp sovrinlar yutdi. Jumladan Turkmaniston Yokari ligasi toʻrt karra gʻolibi (2010, 2011, 2012), ikki karra Turkmaniston kubogi sohibi (2010, 2012), uch karra Turkmaniston Superkubogi sohibi (2011, 2012) va OFK Prezidenti kubogi sohibi (2013).

2017-yilda Annamiradov professional futbolchi sifatida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Bolqon viloyati futbol federatsiyasi Annamiradovning futbol rivojiga qoʻshgan hissasini yuqori baholab, futbolchiga esdalik sovgʻalari va diplom topshirdi.

Murabbiylik faoliyati 2018-yilda u Turkmaniston Yokari Ligasi klubi FC Balkanda murabbiy sifatida ish boshladi.

2019-yilda u FC Shagadam klubiga yordamchi murabbiy etib tayinlandi, Aleksandr Klimenko esa bosh murabbiy sifatida ish boshladi.

Terma jamoadagi faoliyati Yagmirmirat Annamiradov 2007-yildan Turkmaniston terma jamoasiga tarkibida oʻynagan. Shu vaqtgacha milliy terma jamoada 11 oʻyinda maydonga tushgan. Uning ilk oʻyini Kambodja terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtgan.

Yutuqlari thumb| Jahon chempionati saralashida Turkmaniston terma jamoasi bilan

Klub bilan Bolqon FC

OKari Liga: 2010, 2011, 2012-yillar OFK Prezidenti kubogi: 2013-yil Turkmaniston kubogi: 2010, 2012-yillar Turkmaniston Superkubogi: 2011, 2012-yillar

Manbalar

Havolalar

Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkmanistonda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FK Nebitchi futbolchilari Turkum:FC Marv futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo oʻyinlari 2002 futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar