Petr Yuriy Denchev (; 1989-yil 16-mart, Plovdiv) – bolgariyalik futbolchi, darvozabon.
Karyera Petr Denchev professional faoliyatini 2007-yilda Bolgariyaning ikkinchi divizioni Plovdivning „Spartak“ jamoasida boshlagan va klubda 2008-yilning oʻrtalariga qadar oʻynagan. Denchevning debyuti 2007-yil 3-noyabrda „Shumen“ jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtgan.
2008—2009-yilgi mavsumda „Sliven“ tarkibida Bolgariya oliy divizionida debyut qilgan, ikki mavsumni shu klubda oʻtkazgan. Keyin esa oliy divizionda "Cherno More , „Lokomotiv“ (Plovdiv) va „Neftoximik“ (Burgas) va birinchi divizionda „Spartak“ (Varna) klublarida oʻynagan.
2014-yilning ikkinchi yarmida „Navbahor“ safida Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etib, 11 ta oʻyinda ishtirok etgan.
Bolgariyaga qaytib, birinchi divizionda „Neftoximik“ va „Levski“ (Karlovo) jamoalarida oʻynagan. 2017-yilning bahorida „Lokomotiv“ (Gorna-Oryaxovitsa) safida oliy divizionda ikkita oʻyin oʻtkazgan, lekin birinchi ligaga tushib ketganidan keyin jamoani tark etgan. 2017—2018-yilgi mavsumda „Amvrisseas“ safida Gretsiyada oʻynaygan.
2008-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida (19 yoshgacha) Ivan Karadjovning yordamchisi boʻlgan, bu turnirda Bolgariya jamoasi soʻnggi oʻrinni egallagan. 2009-yilda Bolgariya yoshlar terma jamoasi safida bitta rasmiy oʻyin oʻtkazib, yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash turnirida shvetsiyalik tengdoshlariga qarshi oʻyinda 60-daqiqada Ivan Kirevni almashtirgan.
Manbalar
Havolalar
footballdatabase.eu saytidagi profili
Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Bolgariyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:16-martda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar