Qayrat Ermek uli Umarov (; 1963-yil 12-yanvar, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – qozoq davlat arbobi, diplomat.
Tarjimai holi 1979-yilda Olmaota chet tillar pedagogika institutini ingliz va fransuz tillari mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1985-yildan 1987-yilgacha – Sovet armiyasida xizmat qilgan.
1987-yildan 1988-yilgacha – Olmaota chet tillar pedagogika instituti oʻqituvchisi.
1988-yildan 1989-yilgacha – Qozogʻiston Fanlar akademiyasining Tarix, etnografiya va arxeologiya instituti ilmiy xodimi.
1989—1991-yillarda Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Badiiy tarjima bosh tahririyatining ingliz tilidan tarjimalar boʻlimi bosh muharriri.
1991-yildan 1992-yilgacha – „Kazsovprof“ referenti.
1992-yildan 1994-yilgacha – Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligining ikkinchi, birinchi kotibi, Yevropa va Amerika boʻlimi boshligʻi.
1994—1996-yillarda – Qozogʻiston Respublikasining AQShdagi elchixonasining birinchi kotibi, maslahatchisi.
1996—1998-yillarda – Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa departamenti boʻlimi boshligʻi direktor oʻrinbosari.
1998-yildan 2004-yilgacha – Qozogʻistonning AQShdagi elchixonasi vazir maslahatchisi.
2004-yil yanvardan aprelgacha – Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligining alohida masalalar boʻyicha elchisi.
2004-yil apreldan avgustgacha – Qozogʻiston Prezidenti Administratsiyasi tashqi siyosat markazining bosh inspektori. 2004-yil 27-avgustdan 2009-yil 9-sentyabrgacha – Qozogʻistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi.
2008-yil 22-maydan 2009 -yil 9-sentyabrgacha – Qozogʻistonning Shri-Lankadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2009-yil 9-sentyabrdan 2013 -yil 4-yanvargacha – Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
2013-yil 4-yanvardan 2017-yil 4-yanvargacha – Qozogʻistonning Amerika AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi.
2017-yil 4-yanvardan 2020-yil 30-sentyabrgacha – Qozogʻistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili.
Diplomatik daraja – 1-darajali favqulodda va muxtor elchi.
2020-yil 30-sentabrdan 2022-yil 6-oktabrgacha – Qozogʻistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, Qozogʻistonning Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakiliKayrat Umarov osvobojden ot doljnosti predstavitelya RK pri OON i naznachen poslom
2022-yil 6-oktabrdan – Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
Mukofotlari
Parasat ordeni (2016)
Manbalar
Turkum:Ostonaning 10 yilligi medali sohiblari Turkum:Parasat ordeni sohiblari Turkum:Fargʻonada tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:12-yanvarda tugʻilganlar