Yuldasheva Tojibar Oʻktamovna — 1954-yil 29-aprelda Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan. „Doʻstlik“ hamda „El-yurt hurmati“ ordenlari bilan taqdirlangan.

Taʼlim olishi va mehnat faoiliyati

1976-yilda Andijon davlat tillar pedagogika institutini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha ingliz tili fani oʻqituvchisi. Xoʻjaobod tumani, Shahrixonsoy shaharcha fuqarolar yigʻinining diniy maʼrifat, maʼnaviy ahloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi. 2015-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Andijon viloyati deputati sifatida faoliyat yuritgan.

Manbalar