Erkan Kolçak Köstendil (1983-yil 16-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik aktyor va rejissyor. U oʻz faoliyatini teatr spektakllari, filmlar va teleseriallardagi rollar orqali boshlagan va Ulan Istanbul va keyinchalik Chuqur filmidagi Vartulu Saadettin (Salih) roli bilan tanilgan. U yana Görünen Adam va Yaratılan fantastik filmlarida oʻynagan. Shuningdek, Yilan Hikayesi, Qashqirlar makoni, Sakarya Fırat, Merhamet, Koʻsem (teleserial) kabi mashhur seriallarda yordamchi rollarni ijro etgan. U bir nechta qisqa metrajli filmlardagi roli uchun mukofotlarga sazovor boʻlganhttps://www.ntv.com.tr/sanat/internet-dizisi-gorunen-adama-buyuk-ilgi, lx751Rtc6ku4hVYhOrgvxAhttps://www.odatv4.com/kultur-sanat/cagan-irmak-in-netflix-dizisine-katilacak-isimler-belli-oldu-227027.

Hayoti va martabasi Köstendil 1983-yilda Bursada tugʻilgan. Bursa Otaturk litseyini bitirgan. Oʻrta maktab yillarida Bursaspor futbol jamoasi aʼzosi boʻlgan.

Aktyorlik faoliyatini Tuncay Özinel teatrida AuT va Karşı Cinsle Tanishma Sanati kabi bir qancha rollarni ijro etishdan boshlagan.

2009-yilda u Mukadderat serialini yozgan va rejissyorlik qilgan, serial Facebookda internetda online chop etilgan. Oʻsha yili u MAT serialida rol oʻynagan va „Emre“ obrazini tasvirlagan. 2010-yilda Vakit qisqa metrajli filmini yozish orqali Sinepark 4-qisqa metrajli filmlar festivali, Eskishehir Kral Midas qisqa metrajli filmlar festivali va 47- Xalqaro Antaliya Film Festivalida mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Köstendil Amsterdam va Istanbulda suratga olingan Torbacının Esrari badiiy filmi ssenariysini ham yozgan. Uning toʻrtinchi qisqa metrajli film loyihasi 2018-yilda chop etilgan va Los-Anjeles Film mukofotlarida Turkiyaning yaxshi komediya asarlaridan biri sifatida baholangan.

Teatr

Kalp Düğümü — Hunarmand teatri AuT — Ikkinchikat teatri Karşı Cinsle Tanishma Sanati — Isparta virtual teatri

Filmografiyasi

Veb-seriyalari Yil Film Rol Qaydlar 2017-yil Görünen Adam Kurtuluş 2023-yil Yaratilgan

Televizion seriallari Yil Sarlavha Rol Qaydlar 2002-yil Yilan Hikayesi Gamburgerchi Yordamchi rol 2005-yil Qashqirlar makoni Mematining sherigi 2009-2012=yil Sakarya Fırat Er Mahmut Qoraqum 2012-yil Babalar va Evlatlar Oyxon 2013-yil Merhamet Mehmet 2014—2015-yillar Ulan Istanbul Karlos Nevizade Bosh rol 2015—2016-yil Koʻsem (teleserial) Shahin Giray Xan Yordamchi rol 2016-yil Oila Toprak Beyogʻlu Bosh rol 2017-yil Bir Deli Sevda Mehmet Gökdeniz 2017—2021-yillar Chuqur Vartolu Saadettin / Solih Koçovalı 2019-yil Çarpışma Mehmon

Filmlari Yil Sarlavha Rol Izohlar 2008-yil Guz Sancisi Namoyishchi Yordamchi rol 2009-yil M. A.T Emre Melekler ve Kumarbazlar Choy qaynatgich Yordamchi rol Mukadderat 2014-yil Itirazim Var Supermen Yordamchi rol Yağmur:Kıyamet Çiçeği (film) Shenol Bosh rol 2015-yil Yok artık! Taksi haydovchisi Fikret Kara Bela Guven 2017-yil Bobom Deniz Put Şeylere 2018-yil Müslüm (film) Pavilyon egasi Mehmon roli 2019-yil Sibel Ali Bosh rol Turk Ishi Dondurma Cameleer Ali 2022-yil Gonül Piroz Bandırma Füze Kulübü Necati Tamirhane Idris

Diskografiyasi

2018: Nemrudun kızı 2020: Doyana Doymayana Popkek III

Manbalar

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turk aktyorlari, Sa`natkorlar, Turkiya madaniyati, Turkiya, Anqara Turkum:Turkiyalik aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar