Alisher Xalimboyevich Yusupov (1998-yil 27-noyabr, Urganch tumani, Xorazm viloyati) – oʻzbekistonlik dzyudochi.
Osaka-2019 dzyudo boʻyicha Katta dubulgʻa turniri musobaqasining +100 kg toifasida bronza medali sovrindori, 2022-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlari gʻolibi, dzyudo boʻyicha 2024-yilgi jahon chempionati oltin medal sovrindori.
Faoliyati Alisher Yusupov 2017-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Jamshid Xudoyberganov.
Alisher Yusupov 2017-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Osiyo chempionatida uchinchi, oʻsha yili oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 100 kilogramm vazn toifasida beshinchi oʻrinni egallagan. 2018-yilgi 21 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida Osiyo chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan.
2022-yilda Antaliyada boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnirda gruziyalik Guram Tuschishviliga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ikki oydan soʻng Tbilisidagi turnir finalida gruziyalik Gela Zaalishviliga magʻlub boʻlgan.
2022-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Yusupov chorak finalda gollandiyalik Roy Meyerga yutqazib qoʻygan. Roy Meyer final bahslarigacha yetib borgach, Yusupov yana bir imkoniyatga ega boʻladi. Biroq, Guram Tuschishviliga yutqazib, yettinchi oʻrinni egallagan.
2022-yil noyabr oyida Bokudagi „Katta dubulgʻa“ turnirining finaligacha yetib borgan. Finalda tojikistonlik Temur Rahimovdan magʻlubiyatga uchragan.
2022-yilda Quddusda boʻlib oʻtgan IJF Masters turnirida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2023-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnirda gʻolib chiqqan.
2023-yilda Dohada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Uchinchi oʻrin uchun kurashda yaponiyalik raqibi Kokoro Kageurani magʻlub etgan.
2022-yil Xitoyda boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida uchinchi oʻrin uchun kurashda yaponiyalik sportchi Xyuga Otani magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida aralash jamoalar oʻrtasidagi turnirda ham bronza medaliga sazovor boʻlgan.
2024-yilning bahorida Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatida Alisher Yusupov jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Uchinchi oʻrin uchun kechgan jangda kubalik raqibi Endi Grandani magʻlubiyatga uchratgan.
Parij 2024 Alisher Yusupov 2024-yilning 2-avgust kuni Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/16 finalda slovakiyalik Marius Fizelni magʻlubiyatga uchratgan. Chorak finalda tojikistonlik Temur Rahimov bilan toʻqnashib, magʻlubiyatga uchradi. Chorak final bahslarida gruziyalik sportchi Guram Tushishvili diskvalifikatsiya qilingani sababli Alisher Yusupov bronza medali uchun jangni to'g'ridan-to'g'ri davom ettiradigan boʻldi. Bronza medal uchun jangda Yaponiya vakili Saito Tatsuriga qarshi kurashib, mag'lubiyatga uchratdi va bronza medaliga ega chiqdi. Unvon va mukofotlari 2023-yilda „Kelajak bunyodkori“ medali bilan taqdirlangan 2024-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni berilgan. Manbalar
Havolalar Alisher Yusupov JudoInside.com saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari kumush medali sohiblari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari Turkum:Dzyudo boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:2022-yilgi Osiyo oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Dzyudo boʻyicha Islom birdamlik oʻyinlari sovrindorlari Turkum:2021-yilgi Islom birdamlik oʻyinlarida medal sohiblari Turkum:Oʻzbekistonning Islom birdamlik oʻyinlarida kumush medali olgan sportchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan dzyudochilari Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida bronza medali olgan sportchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari