(Shamsuddin) (Sharafuzzamon, Abu Abdulloh) Muhammad ibn Yusuf al-Iloqiy (hijriy 428-yil (milodiy 1037-yil)dan keyin vafot etgan) — Ibn Sinoning shogirdi, tabib va faylasuf boʻlgan.
Asarlari „Kitobu-l-lavohiqa“ („Ikkinchi darajali lavhalar kitobi“); „Kitob fi iʼdodi-l-vifq“ („Kelishuvga hozirlik koʻrish haqidagi kitob“); „Kitobu-l-hayvon va muxtasaru-l-qonun“ (Ibn Sino qalamiga mansub „Tib qonunlari“ kitobining qisqartmasi"); „al-Asbobu va-l-alomot fi-t-tibb“ (Tib ilmi haqidagi „Kasalliklarning kelib chiqish sabablari va belgilari“); „al-Fusul al-iloqiya fi kulliyoti-t-tibb“ („Tabobat qomusidagi Iloqiy taʼlif etgan fasllar“).
Manbalar