Muhammad ibn Isʼhoq al-Xorazmiy (hijriy 827-yil (milodiy 1424-yil)da 60 yoshdan oshganda vafot etgan) — faqih, rassom, nahvshunos, ilm-fanning turli sohalarida faoliyat olib borgan olim. Makkada turgan va u yerda hanafiy maqomdagi imom oʻrniga noiblik qilgan.
Asarlari „Musannaf fi fazoili Makka va-l-Kaʼba“ („Makka va Kaʼbatulloh fazilatlari haqida kitob“), muallif ushbu asarni „Osoru-t-targʻib va-t-tashviq ila-l-masojidi-s-salosati val-bayti-l-atiq va manosik“ („Uch masjid, baytulloh va manosik, yaʼni diniy, shu jumladan, haj amallari oʻtkaziladigan joylarga targʻib va tashqiq qiluvchi asarlar“) deb nomlagan.
Manbalar