Chap oshqozon venasi oshqozonning kichik egriligiga qarab yoʻnalgan oshqozonning kichik venalari qoʻshilishidan hosil boʻladigan vena.

Tuzilishi Chap oshqozon venasi oshqozonning kichik egriligi boʻylab oʻngdan chapga yoʻnaladi. Oshqozonning qiziloʻngach teshigiga yoʻnalib, u yerda qiziloʻngach venalari ushbu venaga quyiladi. Keyin orqaga burilib, charvi qopchasi orqasida chapdan oʻngga oʻtadi. Oshqozon osti bezining yuqori chegarasi yaqinida darvoza venasiga quyiladi.

Funksiyasi Chap oshqozon venasi oshqozonning kichik egriligidan kislorodsiz qonni olib ketadi. Shuningdek, u portal vena va qiziloʻngachning pastki qismi venoz tizimi (toq vena) oʻrtasida kollateral vazifasini bajaradi.

Manbalar

Turkum:Anatomiya Turkum:Anatomiyaga oid chala maqolalar