Mavlono Qalandar (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mashhad zurafosidan ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:On chi har dam dur az on labhoi maygun mekasham,
Kosa-kosa az du chashmi xunfishon xun mekasham.
(Mazmuni: Har dam u maygun lablardan uzoqlashsam, ikkala qon sochuvchi koʻzlarimdan kosa-kosa qon toʻkaman).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik