Mavlono Forigʻiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning darveshtabiat yigit ekanligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:Az bas ki on jafojoʻ ozor menamoyad,

Andak tarahhumi oʻ bisyor menamoyad.

(Mazmuni: Ul jafo axtaruvchi yorim menga hamisha ozor berganidan ozgina qilgan gʻamxoʻrligi ham koʻpdek tuyuladi).

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik