Nurillo Toʻxtasinov (1997-yil 19-fevralda, Izboskan tumanida tug'ilgan) – oʻzbek futbolchisi, Oʻzbekiston Superligasi vakili „Dinamo“ klubida yarim himoyachisi pozitsiyasida toʻp suradi.

Futbolchilik faoliyati Nurillo Andijon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Proffesional futboldagi faoliyatini 2016-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ klubida boshlagan. 2018-yilgi mavsumni Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasi safida oʻtkazgan. 2019-yilda Bunyodkor jamoasi tarkibiga qaytdi va uch mavsum davomida toshkentliklar safida toʻp surdi. Bu davr ichida jamoaning eng yetakchi futbolchilardan biriga aylandi. 2022-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Jamoa safidagi raqobat tufayli mavsum yakunida Vodiyning boshqa bir jamoasi „Neftchi“ Fargʻona klubi bilan shartnoma imzoladi. Neftchi jamoasida yuqori darajadagi oʻyinlari sababli 2023-yilgi yozgi transfer oynasida Malayziya Super Ligasi vakili „Terengganu FC“ klubi bilan shartnoma imzoladi.

Milliy terma jamoa Terma jamoaning turli yoshlar toifalarida oʻynaganidan soʻng, u nihoyat futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Tojikiston terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Oʻzbekiston terma jamoasidan Murod Xolmuhammedov va Shaxzod Ubaydullaevning hamda Tojikistondan terma jamoasidan Zoir Joʻraboyevning gollaridan soʻng 2:1 hisobida gʻalaba bilan yakunlangan oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi.

Faoliyat statistikasi

Klublar statistikasi 2025-yil 25-dekabrda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollariKlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaUmumiyDivisionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol Bunyodkor Toshkent2017 Oʻzbekiston Superligasi 17 02160—251 Soʻgʻdiyona Jizzax2018 18 010——190 Bunyodkor Toshkent2019 24 631——27720202511———2511202123440——274Umumiy1072110260—12323 Navbahor Namangan2022 Oʻzbekiston Superligasi 13 030——160 Neftchi Fargʻona2023 13 3———133Terengganu2023Malayziya Superligasi10160602212024–252356050513962025-26113——40153Umumiy70121501109110513Dinamo Samarqand2026Oʻzbekiston SuperligasiUmumiy faoliyat statistikasi177332521709122836

Manbalar

Havolalar

Nurillo Toʻxtasinov Nurillo Toʻxtasinov (ingliz tilida)

Nurillo Toʻxtasinov Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Terengganu FC futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari