Mavlono Sifotiy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni endi tanila boshlagan shoir sifatida eʼtirof etib, oʻzini koʻrmaganligini, lekin sheʼrini eshitganligini aytib, quyidagi baytini keltiradi:Baski, dar sar havasi roʻyi tu dorad dida,

Pusht soʻyi man-u roʻ soʻyi tu dorad dida.

(Mazmuni: Koʻzlarim sening yuzingni koʻrish havasida boʻlgani uchun menga doimo orqa oʻgirib, senga qarab turadi).

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik