Aleksey Alekseevich Petrushin (; 29-yanvar 1952-yil Moskva viloyati SSSR) – sovet futbolchisi, sovet va rus futbol murabbiyi. SSSR xalqaro toifadagi sport ustasi (1979). Yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Aleksey ODO va „Torpedo“ (Lyubertsi) bolalar jamoalari tarbiyalanuvchisi hisoblanib, Torpedo jamoasida professional faoliyatini boshlagan. Birinchi murabbiy I. F. Baykov.
Petrushin1972-yil 3-iyunda Moskavaning „Dinamo“ klubi asosiy tarkibida debyut qilgan. Aleksey „Dinamo“ jamoasi safida jami 305 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlib (SSSR chempionatlarida 244 ta oʻyin oʻtkazgan holda, mamlakat kubogida 42 ta va yevrokuboklarda 19 ta), 24 ta gol urgan.
Moskvaning „Dinamo“ jamoasidan soʻng keyinchalik Toshkentning „Paxtakor“ va Krasnodarning „Kuban“ klublarida oʻynagan
Murabbiylik faoliyati Aleksey 1985-yil Oʻzbekistonda murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab Shahrixonning „Shaxrixonets“, Andijonning „Paxtakor“ jamoalarida yordamchi murabbiy boʻlgan. 1990-yilda Sovet Ittifoqi Oliy murabbiylar maktabini tamomlagan. Shundan soʻng „Prometey“ (Lyubertsi), „Dinamo-Gazovik“ (Tyumen), „Arsenal“ (Tula), „Spartak“ (Shchelkovo), „Dinamo“ (Moskva), „Shinnik“ (Yaroslavl), Ximki (Moskva), Lukoyl (Chelyabinsk), Qayrat (Olma-Ota), Metallurg (Lipetsk), Luxovitsi jamoalariga murabbiylik qilgan.
2010-yilda Aleksey Sokol Saratov jamoasini boshqargan. 2011—2012-yillarda „Chelyabinsk FK“ jamoasini boshqargan. 2014-yilning 19-mayidan Petrushin Semipalatinskning „Spartak“ jamoasi rahbariyati bilan kelishuvga erishgan va bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2015-yilgi mavsum oxirida Aleksey „Spartak“ jamoasini tark etgan.
2017-yilning fevral oyida u Qozogʻistonning „Ordabasi“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Jamoa Aleksey qoʻl ostida mavsumda ilk bor Qozogʻiston chempionatining bronza medali sohibiga aylangan. 2018-yilning yanvarida klub prezidenti Baxtiyar Bayseyitov ketganidan keyin klubni tark etgan.
Futbolchilik yutuqlari
1976-yilgi SSSR chempioni 1977-yilgi SSSR kubogi gʻolibi 1979-yilgi SSSR kubogi finalchisi SSSR chempionatlarining bronza medali sovrindori 1973, 1975 1979-yilda Moskva jamoasi tarkibida SSSR xalqlari Spartakiadasi chempioni 1977-yilgi mavsum kubogi sohibi
Murabbiylik yutuqlari Uchinchi liga 3-zonasi gʻolibi: 1996, 1997.
Qozogʻiston chempioni: 2004 Qozogʻiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2005 Qozogʻistonning eng yaxshi murabbiyi 2005.
Belarus chempionatining kumush medali sovrindori: 2006.
Qozogʻiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2017
Manbalar
Havolalar
fc-dynamo.ru saytidagi profil
Turkum:1952-yilda tugʻilganlar Turkum:29-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Kuban Krasnodar futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Andijon futbol klubi murabbiylari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar