Muhammad ibn Taqiy ibn Abdulhay ibn Ibrohim ibn Majid ibn Ibrohim al-Husayniy al-Koshoniy (hijriy 1258-yil (milodiy 1842-yil)da vafot etgan) — faqih, usuliyotchi, mutakallim, mutahaddis, hadis roviylarini biluvchi olim bo‘lgan. Abdulloh ibn Bishrdan saboq olgan. Iroqqa borgan va u yerda bir muddat yashagan. So‘ngra Koshonga qaytib kelib, shu yerda yashagan.

Asarlari „Tanqihu-l-usul“ („Asoslarni poklash“); „Majmuʼa mina-l-mutafarriqot“ („Tarqoq asarlardan bir majmua“); „Risola fi mabohisi-l-alfoz“ („Turli so‘zlarni ilmiy o‘rganish bo‘yicha risola“); „Risola fi hijjiyati-z-zann“ („O‘ylab xotiraga kelgan fikrlar haqida risola“).

Manbalar