Sebzor mahallasi (Sebzor dahasi, 21a-uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Olmazor tumanidagi mahalla. Namuna, Yuqori Sebzor, Yangi Sebzor mahallalari bilan chegaradosh.
Tarixi Qadimiy Sebzor dahasida joylashgani tufayli 1994-yil shu nom bilan atalgan, eski mahallalar oʻrnida qurilgan yangi koʻp qavatli binolardan tashkil topgan.
Aholisi Aholisi 4500 kishi, 9 millat vakillari (oʻzbek, rus, tatar va boshqalar) yashaydi.
Binolar Mahalla hududida „Buloq“ suv havzasi, oʻrta maktab, litsey, 3 ta bolalar bogʻchasi mavjud.
Manbalar
Turkum:Olmazor tumanidagi mahallalar