Sarikoʻl mahallasi (Fidoyilar koʻchasi, 26) — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumanidagi mahalla. Tumanning Fitrat, Qorasuv, Banokatiy mahallalari hamda Sergeli tumanining Uchuvchilar mahallasi bilan chegaradosh.

Tarixi 1930-yillarda mahalla oʻrnida Chirchiq daryosi oqib oʻtgan, keyinchalik daryo oʻrnida koʻl paydo boʻlgan, uning suvi loyqa sariq rangda boʻlganligi uchun „Sariqkoʻl“ deb atashgan. Vaqt oʻtishi bilan koʻl qurib, oʻrniga daraxtlar ekilgan, atrofida mahalla vujudga kelgan, unga hozirgi nomi berilgan.

Aholisi Aholisi 5 mingdan ortiq, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 15 dan ortiq millat vakillari yashaydi.

Binolar Mahalla hududida 5 ta koʻcha, „Al-Badr“ jome masjidi, „Yopiqota“ (Yopugʻliqota) qabristoniga qarashli 2-bolalar shifoxonasi va poliklinikasi, „Zarp“ restorani va boshqalar mavjud.

Manbalar

Turkum:Mirobod tumanidagi mahallalar