Bensu Soral — turk aktrisasi. 1991-yil 23-mart sanasida Turkiyaning İnegöl shahrida tavallud topgan.

Hayoti va ish faoliyati U Bursadagi İnegöl Anadolu litseyida o'qigan. Hozirgi vaqtda esa Bensu Soral Marmara universitetining tasviriy san'at fakultetida grafika bo'yicha tahsil olmoqda. U o'z aktrisalik ish faoliyatini opasi aktirsa Hande Soralning ko'magida boshlagan. Ilk bora u Engin Altan Düzyatan bilan klassik romanga asoslangan „Yol Ayrımı” serialida tele ekranlarda ko'rinish beradi. U Çağlar Ertuğrul, Öznur Serçelerlar bilan birgalikda yoshlar uchun mo'ljallangan „Boynu Bükükler”(Bo'yni egilganlar) serialida rol ijro etadi. Shuningdek, u Turkiyaning bir qator mashhur aktyor va aktrisalari bilan „Tatlı Küçük Yalancılar”(Yoqimtoy yolg'onchilar) teleserialida ham suratga tushadi. Keyinchalik, 2016-yilda Çağatay Ulusoy bilan juftlik sifatida „İçerde”(Ichkarida) jinoiy serialida ham Malak ismi bilan ham shuhrat qozonadi.

Filmografiyasi +TelevideniyeYilFilm nomiIjro etgan roliQaydlar2012Yol AyrımıAyşeIkkinchi darajali rolda2013VicdanMüge2014Boynu BüküklerMiray2015Tatlı Küçük YalancılarAslıBosh rolda2016-2017İçerdeMelek Yılmaz2021Cam TavanlarLeyla2022-TuzakCeren Gümüşay +Ijtimoiy tarmoqYilFilm nomiIjro etgan roliQaydlarPlatforma2022Private lessonAzraBosh roldaNetflix +KinoteatrYilFilm nomiIjro etgan roliQaydlar2018Dişarda 2Leyla ÖzdemirBosh rolda2019Organize Işler: Sazan SarmalıNazlı NoyanHozirgi vaqtga qadarIntoxicated by LoveMaryamIkkinchi darajali rolda

Mukofotlari Bensu Soral 2015-yil „Oltin kapalak“ mukofotini „Porlayotgan yulduz“ nominatsiyasida qoʻlga kiritdi.

Havola

1. https://www.ensonhaber.com/galeri/bensu-soraldan-sukru-ozyildiz-itirafi