Lola Eltoyeva (1972-yil 4-sentyabr, Toshkent) — oʻzbekistonlik kino, teatr va dublyaj aktrisasi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, OʻzDSMI dotsenti.

Hayoti Lola Eltoyeva 1972-yil 4-sentabrda Toshkentda tug‘ilgan. 1993-yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshket teatr va rassomchilik institutining aktyorlik fakultetida o‘qishni boshlagan. Mustaqillik yillarida suratga olingan „Quyoshi botmaydigan yurt“ filmidagi Malika roli orqali muxlislar e‘tirofiga sazovor bo‘lgan. Faoliyati davomida 60 dan ortiq spektakllarda, 45 ga yaqin filmlarda rol ijro etgan. 200 ga yaqin filmlarga va bir necha teleseriallarga ovoz bergan. Hozirgi kunda Oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat olib bormoqda.

Filmografiyasi +YilNomiRolIzoh1994Masxaraboz 1997Oʻtkan kunlarKumush, Otabekning xotini1999Voiz2002CinedictumDilxiroj2003Qor ko‘ynida lola2004Erkak2005Cho‘pon qizKo‘zlaring ma’yusKelgindi kuyovToʻtiniso, Arslonning xotini2006Hayot-mamotChashma2007Jazo2008Chatranga shahridagi sarguzashtlar2009Abadiyat charxiOtaArosatKo‘l bo‘yidagi uyJanob hech kimAlisherning onasiSo‘nggi lahzaTahdid2010Tundan tonggachaQabrdan qaytgan umrSevginator 2: Qaynona operatsiyasi2011Oling quda, bering qudaHaqiqat kuniSo‘nggi qo‘ng‘iroqSingilginam2012Baxt uyiTundan tonggacha 2BevalarOnaginam orzusiParizodDardi bedavoTubanlikProritsatel Omar Xayyam. Xronika legendiRobinzon Qo‘zi2013Unutma meni2014Amirning o‘g‘li IvanQuduqXonadon egasi2015Baxt ortidanYomg‘ir ostida2016Qora quzg‘unProkuror2017Hamroh96 soat2018Yolg‘on girdobiIssiq nonMehrTinchlik ortidaTanhoyimsan2019ElparvarHayot2022101-reysBortboshqaruvchi Nigora YusupovaPuling bo‘lsa2023Abdulla OripovKlara XadjayevnaBosh rol

Spektakllari +NomiRolYilKuloyimKuloyim1994Muhabbat sultoniLayli1995Ufq yo‘llariZebiChimildiqSinglisiJinoyat ustida ushlansinSuyungulSoxibqiron TemurKanizak1996Boshi qotgan oshiqlarYulduz1997Piri KoinotZuxal1998Adibning umriZarifa Saidnosirova2005Hasrat bog‘iJamila2005Makr va MuhabbatLuiza2005RashkMaryamOltin qizDilbar2006Tun albatta o‘tadiMariya Rozariya2006Jaxon Otin UvaysiyQuyoshxonBevalarQumriBor ekanda, yo‘q ekanMalikaO‘zbekcha raqsMariya Ponamareva2009Tong otgan taraflardaTongyorug‘2013IymonAzizaMirzo Ulug‘bekFiruzaOq kemaBekeyKeldi-yu ketdiQumri2019Urush odamlariAnzirat2023Birinchi qaldirg‘ochMa’suma Qoriyeva2024

Mukofotlari

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni (2006) "Oʻtkan kunlar" filmidagi roli uchun "Eng yaxshi ayol obrazi (1998) Osiyo mamlakatlari kinofestivalida Gran Pri (2006) Sharq ayoli (2013) "Yilning eng yaxshi aktrisasi" nominatsiyasida “E’tirof” mukofoti sovrindori (2014) “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni (2020) “Do‘stlik” ordeni (2021) “O‘zbekiston Respublikasining 30 yilligi” esdalik nishoni (2021)

Manbalar

Havolalar

Instagram rasmiy sahifasi Facebook rasmiy sahifasi Telegram rasmiy sahifasi

Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:4-sentyabrda tugʻilganlar