Tesla Model 3 - bu Amerikaning Tesla brendi ostida ishlab chiqariladigan elektr avtomobil. U akkumulyator batareyalik, to'rt eshikli sedan bo'lib, AQShda o'rta o'lchamli avtomobil va Yevropada katta oilaviy avtomobil hisoblanadi. Model 3 ning cheklangan miqdorda ishlab chiqarilishi 2017-yilning o‘rtalarida boshlandi, aniqroq qilib aytilganda konveyer liniyasida birinchi ishlab chiqarish 2017-yil 7-iyul sanasida amalga oshirildi. Dastlabki 30 ta avtomobilning rasmiy taqdimoti va yetkazib berilishi 28-iyulda bo‘lib o‘tdi
Model 3 baziviy komplektatsiyasi AQSH ning Tabiyatni muhofaza qilish agentligi( EPA) tomonidan baholangan ko'rsatkichga ko'ra bir martalik to'la quvvatda va uzoq masofalarga yurishga mo'ljallangan Long Range versiyasi esa masofani bosib o'tishga yetadi . Tesla kompaniyasining ma'lumotlariga ko'ra, Model 3 o'zini o'zi boshqarsih funksiysiga ega, shuningdek davriy programmaivy yangilanishlar yanada ko'proq funksiyalarga ega bo'lishni ta'minlaydi.
Model 3 Tesla tomonidan ishlab chiqarilgan avvalgi modellarga qaraganda arzonroq bo'lganligi sababli ko'proq sotildi. 2020-yilning boshidan beri Model 3 dunyo tarixidagi eng koʻp sotilgan elektromobil , 2021-yil iyun oyida esa bir million dona sotilgan ilk elektr avtomobili boʻldi. Model 3 2018-yildan 2020-yilgacha uch yil davomida dunyodagi eng ko‘p sotiladigan elektromobil (PEV) bo‘ldi. Shuningdek, u ketma-ket uch yil davomida 2018-yildan 2020- yilgacha Amerika Qo'shma Shtatlarda, 2019-yilda Evropada va 2020 yilda Xitoyda eng ko'p sotilgan elektromobil bo'ldi
Tarixi left|thumb| Orqa ko'rinish Ilon Maskning 2006 yilgi Wired Science nashriga bergan intervyusida ni ko'pchilik odamlar sotib olishga qurbi yetadigan qilib loyixalanayotganligini bildirdi 2008-yilda avtomobil oilaviy avtomobil ekanligi e'lon qilindi. 2017-yilda Tesla kompaniyasi to'liq elektr avtomobilning Standard versiyasi AQSH ning Tabiyatni muhofaza qilish agentligi( EPA) tomonidan tasdiqlangan masofani bosib o'ta olishi , old va orqa yukxonalar, 5 kishilik o'rindiqlar shuningdek tezlanish ko'rsatkichlari xuddi sport avtomobillarnikidek bo'lishini va'da qildi. Bundan tashqari u 5 yulduzli xavfsizlik reytingiga ega bo'lishini va avvalgi Tesla Model S (2014 yildagi, o'sha paytning eng yaxshi ko'rsatkichi)dan ham yuqoriroq aerodinamik koeffisientga ega bo'lishi Tesla kompaniyasi tomonidan e'tirof etildi.
Tesla kompaniyasi Model 3 ning 2016-yildagi taqdimotidan so‘ng ilk bir hafta ichida 325 000 ta avtomobilga shartnoma qilganligini ma’lum qildi. Bu shartnomalarning umumiy qiymati 14 milliard AQSH dollarga teng edi. 2017-yilning avgustiga kelib, 455 000 ta avtomobilga avvaldan buyurtma qilingan edi.
2016-yilning may oyida Tesla o'zining 2018-yilgi 500 000 donalik(Model S, Model X va Model 3 birgalikda) rejasini 2 yil avvalroq ishlab chiqarmoqchi ekanligini ma'lum qildi, bunga soha mutaxasislarining ko'pchiligi ishonmadi. Kutilganidek, kompaniya rejani moliyalashtirish uchun fond bozoriga o'zining 2 milliard AQSH dolllarlik aksiyalarini sotuvga chiqardi.
Kompaniyaning Model 3 ni ishlab chiqarish borasidagi strategiyasi avvaliga qimmatroq avtomobillar ishlab chiqarishdan boshlanib jadal sur'atda arzon avtomobillar ishlab chiqarishga o'tish edi. Bu vaqtda akkumlyator batareyalari va elektrodvigatellar Roadster, Model S va Model X sotuvlaridan tushgan daromadlar xisobidan yaxshilangan va qoplangan.
Teslaning 2018-yil 18-aprelda e'lon qilgan ishlab chiqarish rejasini avvalgi xaftalik 5000 donadan 6000 donagan ko'tarish haqida bayonot berdi. Biroq, shu yilning 1-Iyulida xaftalik ishlab chiqarish 5000 donani tashkil etgani ma'lum qilindi.