Suv va olov () 2013-yilda Özcan Deniz tomonidan suratga olingan turk filmidir.

Syujeti Londonga uchayotgan samolyotda tasodifan uchrashgan Yağmur va Kemal bir-birlarini sevib qolishadi. Londonda eng goʻzal kunlarini oʻtkazgan juftlikning baxtli kunlari uzoq davom etmaydi. Yağmurning musaffo tuygʻulariga qaramay, Kemal undan uzoqlashishga majbur boʻladi. Chunki uning oʻzigagina ayon qorongʻu sirlari bor. Asl ismi Haşmet boʻlgan Kemal katta mahfiy toʻdaning ashaddiy dushmani, undan otasining xunini talab qilayotganlar bor va ularning opasi Haşmetni sevib qoladi. Oʻrtada shart tuziladiki, xun talab qilayotgan oʻgʻillar Haşmetni tinch qoʻyadi, agarki u opalariga uylansa. Hayoti chigal boʻlgan Haşmet oʻz muammolariga Yağmurni ham aralashtirishga majbur boʻladi.

Rollarda Aktyor/aktrisa Rol Özcan Deniz Haşmet Yasemin Allen Yağmur Kaan Çakır Hamza Pelin Akil Nupelda Yusuf Akgün Turhan Cem Uçan Sıtkı İrem Candar Yasemin Burçin Birben Alpago Burcu Kıratlı Helin Şefika Tolun Fadile Ana Barış Yalçın Sera Tokdemir Açelya Elmas Zeynep Deniz Ali Cankorur Kemal Metin Coşkun Reşit

Havolalar

Turkum:2013-yil filmlari Turkum:Turkiya filmlari Turkum:Turk tilidagi filmlar