Free Style (talaffuzi: Fri Stayl; tarjimasi: Erkin uslub) — William Dear rejissyori boʻlgan, 2008-yil 24-dekabrda chiqarilgan amerika filmi. Film 18 yoshli yigit (rolni Corbin Bleu ijro etgan) haqida boʻlib, u oʻz oilasiga sadoqatli boʻladi, havaskor motosiklchi boʻlib, motokross chempionatida oʻzligini topadi va gʻalaba qozonadi.

Syujeti Cale Bryant — motokross olamida ilk bora oʻzini sinab koʻradi va bu sohani chuqurroq oʻrganishga qaror qiladi.

Yigit voyaga yetganida, ota-onasi va sevgilisining koʻmagi bilan chempion boʻlishi uchun bir marta mustaqil ravishda oʻz kelajak yoʻlini tanlaydi.

Mashaqqatli mashgʻulotlardan soʻng, Cale gʻalaba qozonishi mumkinligiga ishonch hosil qilib, havaskorlar uchun motokross musobaqasi boʻyicha milliy chempionatda qatnashishga qaror qiladi. Cale oʻzining asosiy raqibi Derek Blackni magʻlub etadi. Derek halokatga sabab boʻlgani uchun chetlashtirilgani maʼlum boʻlgunga qadar Cale oʻz gʻalabasini nishonlaydi va keyingi mavsumda professional sifatida qatnashish uchun shartnoma imzolaydi.

Aktyorlar tarkibi Corbin Bleu — Cale Bryant Sandra Echeverría — Alex Lopez Madison Pettis — Bailey Bryant David Reivers — Dell Bryant Matt Bellefleur — Derek Black Jesse Moss — Justin Maynard Penelope Ann Miller — Jeannette Bryant Martin Rattigan — Coby Kelly Small — Sam

Tanqidiy qabul qilinishi Free Style tanqidchilarning salbiy sharhlarini oladi. Rotten Tomatoes koʻrib chiqish agregatori boʻyicha film 18 sharhga asoslangan holda, oʻrtacha 4/10 reyting bilan, 33% maʼqullash reytingiga ega boʻladi . Daily News muxbiri Elizabeth Weitzman shunday deb yozgan edi: „Film iqtisodiy qiyinchiliklarni tasvirlash uchun tahsinga loyiq boʻlsa-da, deyarli hamma narsa beparvolik bilan ishlangan.“

Entertainment Weekly sayti yozuvchisi Adam Markovitz filmga „D+“ baho qoʻyib, Bleu ijrosini „yumshoq va jiddiy“ deb tanqid qildi".

Manbalar

Havolalar

Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:2008-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar