(Sadruddin, Abul Muzaffar) Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Isʼhoq ibn al-Hasan ibn Mansur ibn Muoviya al-Umaviy al-Anbasiy al-Muʼoviy al-Abivardiy ash-Shofiʼiy (hijriy 457-yil (milodiy 1065-yil)da Xurosondagi Abivardda tugʻilib, yoshi ulg‘ayganda 507-hijriy yil rabiulavval oyining 25-sanasi (milodiy 1114-yil)da Isfahonda zaharlanib vafot etgan) — adab haqidagi jozibador va keng maʼnoli asarlar muallifi, adib, shoir, tilshunos, nasabshunos, muarrix olim va fozil inson bo‘lgan. U bir jamoadan, boshqa bir jamoa esa undan hadis tinglagan.
Asarlari „Zodu-r-rifoq fi-l-muhodaroti-l-muxtalif va-l-muʼtalif“ (Arablarning nasablari haqida o‘zaro mos keluvchi va bir-biridan farq qiluvchi fikrlar xususida bitilgan „Ixtilof va murosaga oid maʼruzalar haqidagi o‘zaro birodarlik ozuqasi“ nomli asar); „Tabaqotu-l-ilmi fi kulli fan“ („Har bir fan sohasidagi olimlarning tabaqalari“); „Devonu sheʼr“ („Devon“); „Tarixu Abivarda va Naso“ („Abivard va Nasoning tarixi“); „Kavkabu-l-mutaʼammal“ („Orzular sayyorasi“, unda xayol-fantaziyalar vasf etilgan); „Devonu majmuʼ qasoʻid muxtora“ („Tanlangan sheʼriy qasidalardan tuzilgan devon“); „Sharhu-l-qasoidi-n-najdiyot“ („Najda qasidalarining sharhi“, unda nasablar bayon etilgan); „Qabsatu-l-ajlon fi nasabi oli Abi Sufyon“ („Abu Sufyon avlodlarining nasabi haqida tez o‘zlashtiriladigan bilim“); „Nuhzatu-l-hofiz“ („Hofizning qulay fursati“); „al-Mujtabiy mina-l-mujtabiy“ („Tanlovchidan tanlovchi“); „Tabaqotu-l-ilmi fi kulli fan“ („Har birfan sohasidagi olimlarning tabaqalari“); „ad-Durra as-samina“ („Qimmatbaho gavhar“); „Sahlatu-l-qorih“ („Keksa ayyorning kinoyali kulgisi“); „Devonu sheʼr“ („Devon“); „an-Najdiyot“ („Najdiy qasidalar“); „Taluvvu-l-hamosa“ („Mardlik tepaligi“); „Bug‘yatu-sh-shodiyfi ilali-l-aruz“ („Aruz illatlari haqida xonish qiluvchining maqsadi“); „Sharhu-l-qasoidi-n-najdiyot“ („Najda qasidalarining sharhi“, unda nasablar bayon etilgan); „Tarjimatu-s-salafiy fi axbori Johiz“ („Johiz xabarlarihaqidagi salafiyning tarjimasi“); „ad-Durra as-samina“ („Qimmatbaho gavhar“); „Taʼillatu-l-maqrur fivasfi-l-bardi va-n-niyron“ („Sovuq va olovni vasf qilish haqidagi sovuqni sezadigan kishining vajhi“).
Manbalar