Muhammad al-Atshandiy (arabcha: محمد الأتشندى — Abulmuzaffar Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Homid ibn Nuʼaym ibn al-Fazl ibn Sahl ibn Farxon al-kotib al-Atshandiy an-Nasafiy) — Roviy

Muhammad al-Atshandiy oʻrta asrlarda Nasafga qarashli Atshand qishlgʻida tavallud topgan. Boshlangʻich taʼlimni Nasafda olgan. Keyinchalik Buxoroga borgan va u yerda Abu Bakr, Abu Fazl al-Aʼsimiyyindan hadis yozib olgan. U fasohat, ritorika, shʼeriyat va odob ilmlarida mashhur boʻlgan. Fiqh ilmida Abu Hanifa va kalom ilmida muʼtaziliylar tarafdori boʻlgan. Asarlari "Hadisu ar-ruboviyyot" ("Toʻrt roviydan iborat hadislar")Yoqut ibn Abdulloh Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J.1. — Bayrut: Doru ihyoʼu-t-turos, 1979. — B. 111.Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 1. — Bayrut, 1988. — B. 81. Manbalar

Adabiyotlar Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 19.

Turkum:Islom:Shaxslar