Mahmud ibn Abu Bakr ibn Muhammad al-Hasaniy ibn Yahyo ibn al-Husayn al-Armaviy (Safiyuddin) (hijriy 646-yil (milodiy 1248-yil)da tugʻilib, 722-yil jumaduloxir oyi (milodiy 1322-yil)da vafot etgan) — sufiy, muhaddis va tilshunos olim boʻlgan. Hadis izlab, koʻp joylarga borgan, koʻp eshitgan va yozib olgan.

Asarlari

„Zaylu-n-nihoya“ (Ibn al-Asirning gʻarib hadislar haqidagi „an-Nihoya“ asariga qoʻshimcha"); „Muxtasaru sharhi-s-sunna“ (al-Bugʻaviy qalamiga mansub „Sharhu-s-sunna“ning qisqartmasi"); „Tahzibu-l-muhkam va-l-muhiti-l-aʼzam“ (Ibn Saydaning til xususidagi „Mustahkamtarbiya va ulkan muhit“ asari).

Manbalar