Akmaljon Ortiqovich Qoʻchqorov – oʻzbek diplomati. 2013—2016-yillarda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazidagi vakili, 2016—2024-yillarda Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchisihttps://www.uzdaily.uz/ru/post/28643.
Biografiya 1977-yil 11-dekabrda tugʻilgan.
Maʼlumoti 1994-1996 – Andijon davlat chet tillari instituti talabasi.
1997-1999 – Toshkent universiteti talabasi.
1999-2001 – Missuri-Kolumbiya universiteti talabasi.
2009-2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi.
Mehnat faoliyati 2001-2002 – Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻqituvchisi.
2002-2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon axborot agentligiining 1-toifali mutaxassisi, 2-toifali mutaxassisi.
2005-2008 – Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi 2-kotibi, 3-kotibi.
2008-2012 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi 1-kotibi.
2012-2016 – Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi elchixonasi maslahatchisi.
2013-2016 – Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazidagi vakolatli vakili.
2016-2024 – Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi.
Ingliz tilida gapiradi. Uylangan, uch farzandi bor.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻqituvchilari Turkum:Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchilari