Ali Sankabosiy (arabcha: على السنكباثى — Abulhasan Ali ibn Ahmad ibn Robiyʼ ibn Shofeʼ Sankabosiy) — Roviy, imom.
Ali Sankabosiy Samarqandning zohid, taqvodor imomi va hadis roviysi boʻlgan. U XI asrning boshida Samarqandga qarashli Sankabos qishlogʻida tugʻilgan. Ali Sankabosiy boshlangʻich taʼlimni otasi Ahmad ibn Robiyʼ ibn Shofeʼdan olgan. Ustozlari Ali Sankabosiy hadis ilmining sir-asrorlarini otasi Ahmad ibn Robiyʼ ibn Shofeʼdan va Ahmad ibn Humayd SankabosiyAbulfayz Muhammad Husayniy Zabidiy. Tarixu-l-uʼrus min javahiru-l-qomus. J, 5. Doru-l-hidoya. 272. hamda hofiz Abu Saʼiyd Abdurahmon ibn Muhammad ibn Muhammad Astraboziylardan oʻrgangan va ulardan hadis rivoyat qilgan. Shogirdi Ali Sankabosiydan roviy va imom Abulqosim Abdulloh ibn Umar KasoiyAbu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J, 7. — Bayrut, 1979. 25. yoki KoshoniyShamsiddin Zahabiy. Tarixu-l-islom va-l-vafayotu-l-mashohir va-l-aʼlom. J. 35. — Bayrut. Lubnon. 1987. 61. va Abulhasan Ali ibn Usmon kabi allomalar hadis rivoyat qilgan. Vafoti Ali Sankabosiy 452/1061 yili (zulhijja oyining 9 sanasida — 3-yanvarda) Samarqandda vafot etgan.Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjamu-l-buldon. J, 7. — Bayrut, 1979. 25.Abulfayz Muhammad Husayniy Zabidiy. Tarixu-l-uʼrus min javahiru-l-qomus. J, 5. Doru-l-hidoya. 322..
Adabiyotlar Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. -T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.
Manbalar
Turkum:Roviylar Turkum:Samarqandlik allomalar Turkum:Islom:Shaxslar