Creative Commons (talaffuzi: ; qisqartmasi: CC ()) — AQSh notijorat tashkiloti. Unga 2001-yil Lawrence Lessig, Hal Abelson va Eric Eldred asos solishgan. Tashkilot shu kungacha „Creative Commons litsenziyalari“ deb nomlangan bir necha mualliflik huquqi litsenziyalarini eʼlon qilgan. Ushbu litsenziyalar ijodiy ishlardan erkinroq foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

2019-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 2 milliardga yaqin ishlar Creative Commons litsenziyalari ostida eʼlon qilingan. Vikipediya va uning qardosh loyihalari ham mazkur litsenziyalarning biridan foydalanadi.

Manbalar

Havolalar

(inglizcha) Creative Commons wiki (inglizcha)