Xushufagʻon (arabcha: خشوفغن)
Xushufagʻon — Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoning qadimiy Soʻgʻd viloyatiga qarashli Ishtixon va Kushoniya oʻrtasida joylashgan yirik bir qishloqning nomi. Hozirgi kunda bu qishloqning aniq oʻrni qaerda ekanligi nomaʼlumIsaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 47..
„Xushufagʻon“ soʻzi soʻgʻdcha „xshu“ — „olti“, „fagʻan“ — „ibodatxona“, yaʼni „Olti ibodatxona“ maʼnosini bildiradi. Bu qishloq XII asrgacha Xushufagʻon, XIII asrgacha arabcha „Roʻs al-qontara“ („Koʻprik boshi“), XIII asrdan XVI asrgacha esa forscha „Saripul“ („Koʻprik boshi“) deb atalganСмирнова О.И. Cтраны и народы востока. – Москва, 1971. 92, 93.. Manbalar
Turkum:Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlari Turkum:Samarqand viloyati Turkum:Tarixiy joy Turkum:Joy nomi