Muhammad Tohir Al-Buxoriy (XVI acp) − Mudarris.

Muhammad Tohir Hiraviy al-Habushoniy al-Buxoriy mudarris, muhaddis, faqih boʻlib, qizilboshlar bosqini zamonida (1512 yil) Xurosondan Buxoroga kelgan. Buxoro madrasalarida taʼlim olib, tez orada shariat ilmini яхши oʻrgangan. Muhammad Tohir Al-Buxoriy Xoja Kalon Joʻyboriy (1531—1589) qurdirgan Gavkushon (1570 yil) madrasasida mudarrislik qilgan. Uning bir kunlik darsida 500 tagacha talaba qatnashgan. Muhammad Tohir Al-Buxoriy haqida "Tuhfat az-zoirin“ kitobida malumot keltirilgan. Muhammad Tohir Al-Buxoriyning qabri Fathobodda boʻlib, Shayxul Olam maqbarasining shimolida joylashganSadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. -T.: 2015. 277.. Manbalar

Turkum:Oʻrta Osiyo allomalari Turkum:Roviy Turkum:Muhaddis Turkum:mudarris Turkum:Buxoro madrasalarida tahsil olganlar