Mansur ibn Ali ibn Iroq al-Xorazmiy (taxminan 425-hijriy yil (milodiy 1034-yil)da vafot etgan) — matematik va falakiyotshunos olim bo‘lgan. Umrining aksariyat qismini Xorazmda o‘tkazgan. Abu Rayhon al-Beruniy undan ilm o‘rgangan.

Asarlari „Kitob al-Majistiy ash-Shohiy“ („al-Magestning shohona kitobi“); „Risola fi-l-ustrulobi-s-saratoniy“ („Saratoniy usturlob haqida risola“); „al-Mujannah fi haqiqatihibi-t-tariqi-s-sinoati“ („O‘z haqiqati haqida yaratuvchanlik yo‘li bilan qanotlangan banda“); „Risola fimaʼrifati-l-qasiyi-l-falakiya bitariqi g‘ayri tariqi nisbati-l-muallifa“ („Taʼlif etilgan nisbat yo‘lidan boshqa uslub orqali falakiy murakkabliklarni bilish haqidagi risola“); „Kitob fi-s-samovot“ („Osmonlar haqida kitob“).

Manbalar