Sherzod Miragʻlamovich Fayziyev — oʻzbek iqtisodchisi va diplomati. 2012-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekistonning Ozarbayjon va Gurjistondagi elchisi boʻlgan.
Biografiyasi Maʼlumoti Toshkent davlat agrar universiteti va Moskvadagi diplomatik akademiya bitiruvchisi. Mehnat faoliyati 1993-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ishlagan.
2001—2006-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi ikkinchi kotibi, 2006—2007-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining Osiyo va Afrika boʻlimi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.
1993—1997-yillarda Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi attashesi, uchinchi va ikkinchi kotibi, 1997—2001-yillarda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi siyosiy tahlil va prognozlash boshqarmasi ikkinchi kotibi lavozimlarida ishlagan.
2007—2008-yillarda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Bosh kotibining oʻrinbosari boʻlgan.
2009-yildan 2012-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.
2012-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi va Gurjistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.
2021-yidan buyon Markaziy Osiyo xalqaro institutida boʻlim boshligʻi. Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Gurjistondagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar