Muhammad ibn al-Husayn ibn Nosir ibn Abdulaziz al-Yarsuxiy — faqih. Zamonasida Ziyouddin laqabi bila mashhur bo‘lgan. Burhoniddin al-Marg‘inoniyning va faqih Alouddin as-Samarqandiyning ustozi. U haqida juda ko‘p ulamolar rivoyat qilganlar. Yarsux nisbasi Farg‘onaning shaharlaridan birining nomidan olingan. Ziyouddin al-Yarsuxiyning tavallud yoki vafot sanasi maʼlum emas. U Naysoburda 525-hijriy yil (milodiy 1131-yil)da Imom Muslimning „Sahih“ini ulamolarga rivoyat qilib bergan sanasini eʼtiborga olsak, uning vafot sanasini 525-yil (milodiy 1131-yil)dan keyin deb xulosa qilsak bo‘ladi.

Manbalar