Qalmoq madrasasi (Madrasai Qalmoq) — Qoʻqon hukmdori Abdulkarimbiy Shohruhbiy oʻgʻillari tomonidan qalmoq bosqinlari ustidan qozonilgan gʻalaba sharafiga 1742-yil barpo ettirilgan. Qoʻqondagi Chorsu yaqinida, Abdulkarimbiy oʻrdalari yonida qad rostlagan. Xon madrasasi turkumiga kiradi. 1945-yilda ushbu madrasa va oʻrda binolari oʻrniga „Arki Oliy“ madrasasi bunyod etilgan. Solihjon oxund mullo Obidjon maxdum oʻgʻillari bosh mudarrislikka tayinlangan. Mudarrislar, talabalar, hujralar adadi haqidagi maʼlumotlar saqlanib qolmagan.
Manbalar