Oʻzbekiston kriket terma jamoasi Oʻzbekiston kriket federatsiyasi tomonidan boshqariladigan xalqaro kriketda Oʻzbekiston nomini himoya qiladi. 2022-yil iyul oyida Xalqaro Kriket Kengashi (ICC) jamoani Assotsiatsiya aʼzosi sifatida qabul qilgan va Osiyo mintaqasidagi 25-aʼzoga aylangan.
Tarix 2019-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Kriket Federatsiyasi sifatida rasman tashkil etilishidan oldin mamlakatda kriket 1997-yildan beri oʻynab kelinmoqda. Birinchi roʻyxatga olingan oʻyinlar Britaniya Oliy komissiyasi tomonidan Oʻzbekistondagi kriket oʻynaydigan davlatlar elchixonalari oʻrtasida tashkil etilgan. Keyinchalik, hind va boshqa kriket sportini faol oʻynaydigan mamlakatlar aholisi muntazam ravishda tashkilot ichidagi kriket oʻyinlarini tashkil qilishni boshladilar. 1999-yilda Britaniya elchixonasi jamoasi Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Malayziya oʻyinchilaridan iborat kichik turnir oʻtkazilgan. Hozirda turli Oʻzbekistonning turli mintaqalaridan kelgan 2000 dan ortiq oʻyinchilar oʻyin texnikasini oʻrganishmoqda.
2021-yil 2021-yilning mart oyida Oʻzbekiston Kriket Federatsiyasi avgust oyida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Oliy ligasi boshlanishini eʼlon qilgandi, biroq Covid-19 pandemiyasi tufayli liga boshqa muddatga qoldirilgan.
2021-yil iyul oyida Oʻzbekiston Toshkentda oʻzining birinchi rasmiy kriket stadioni qurilishini boshladi.
Assotsiatsiyalangan aʼzolik (2022-hozirgi) 2022-yil 26-iyulda Oʻzbekiston Kambodja va Kot-d’Ivuar bilan bir qatorda ICCning Assotsiatsiyalangan aʼzosi boʻlgan.
Bosh murabbiylar Lavozim Ism Bosh murabbiy Boʻsh
Manbalar
Havolalar
Oʻzbekiston kriket federatsiyasi Oʻzbekiston kriket
Turkum:Oʻzbekiston milliy sport terma jamoalari Turkum:Oʻzbekistonda kriket Turkum:Milliy kriket terma jamoalari